dcsimg

Koala ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Sarlavha matni

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Avstraliyaning sharqiy qismidagi ekvalipt o'rmonlarida ko'rinishidan ayiq bolasiga o'xshaydigan, koala deb ataluvchi hayvon yashaydi. Bu juda yuvosh, beg'am, yalqov hayvondir. Uni osonlik bilan, hatto tayoq bilan ham ovlash mumkin. Uning mo'ynasi chiroyli va terisida hech qanday zararkunanda hasharotlar bo'lmaydi. Koala, xaltali ayiq (Phascolarctos cinereus) — xaltali sut emizuvchilar kenja sinfiga mansub hayvon. Tanasining oʻz. 0,6 m cha, qulogʻi katta. Oyogʻi 5 barmokli, tirnogʻi baquvvat, daraxtda yurishga moslashgan, dumsiz. Koʻrinishi ayiqqa oʻxshash. Moʻynasi qalin, uzun va yumshoq, yelkasi kulrang , qorni oq. Sharqiy Avstraliya oʻrmonlarida yashaydi. Tunda faol. Barg va kurtaklar bilan oziqlanadi. Ogʻiz boʻshligʻida oziq saqlovchi qopchigʻi boʻladi. Ikki yilda bir marta tugʻadi, boʻgʻozlik davri 30—35 kun. Bolasini xaltasida olib yuradi, kattaroq boʻlganida opichib oladi; 12—20 yil yashaydi. Moʻynasi uchun koʻplab ovlanganidan soni kamayib ketgan. Ovlash taqiqlangan.[1]

Koala - sut emizuvchilar sinfining Xaltalilar oilasiga mansub hayvondir. Tanasining uzunligi 60 - 82 sm, dumi juda kaltaligidan ko'zga deyarli tashlanmaydi. Vazni 16 kg gacha yetadi. Tashqi ko'rinishidan ayiqqa o'xshaganligi sababli uni " Xaltali hayvon " deb ham atashadi. Jun qoplamasi qalin va yumshoq, rangi kulrang. Xaltasi yaxshi rivojlangan va orqa tomondan ochiladi.Koala daraxtda yashash uchun moslashgan. Uning old oyog'ining birinchi va ikkinchi barmog'i va orqa oyog'ining birinchi barmog'i boshqa barmoqlariga qarama - qarshi tartibda joylashgan. Sharqiy Avstraliyaning evkalipt o'rmonlarida yashaydi. Evkaliptning bargli shoxlari bilan oziqlanadi. Tungi hayotga moslashgan. Yakka yoki uncha katta bo'lmagan guruh holida hayot kechirishadi. Guruhga voyaga yetgan erkak Koala boshchilik qiladi. Ko'payish davri sentabrdan maygacha davom etadi. Homiladorlik davri 30 sutkalar atrofida davom etadi. Yangi tug'ilgan Koala bolasini payqash qiyin : ular atigi ikki santimetrcha keladi. Bunday mitti jonzotlar mustaqil harakat qilishga qodir bo'lmaydi va ma'lum vaqt maxsus xaltada - xuddi kenguruda bo'lgani kabi, urg'ochi Koala ayig'i qornidagi chuqur taxlama teri xaltachada sayohat qilib o'sadi. Bitta go'dak Koala xaltada 6 oygacha yashashi mumkin. Bu davrda agar yana bir Koalacha dunyoga kelsa xaltada ikkovlashib yashayveradilar. Ayiqcha onasining xaltasiga sig'may qolgan chog'da ham onasidan ajragisi kelmaydi. Sakkiz oylik bo'lganda u onasini opichib oladi va shu yo'sinda onasi orqasida sayohatini davom ettiradi. Onasi ham monelik qilmaydi, u o'z bolasini yana ikki yarim yil, ayiqcha mustaqil yashashga qodir bo'lguncha ko'tarib yuradi. Koala bir vaqtlar juni uchun ovlangan. Ammo, ularning soni nihoyatda kamayib ketgani uchun ovlash ta'qiqlab qo'yilgan. Natijada, Koalalar soni yana ko'paya boshladi. Ba'zi zoologlar Koalalarni alohida oilaga ajratadilar. Koalalar bir muncha beso'naqay va nihoyatda xushfe'l jonivordir. Ular faqat Avstraliyada yashaydi va ularni dunyoning birorta ham hayvonot bog'ida uchratib bo'lmaydi. Sababi shundaki, bu xaltali ayiqlar oziqlanish borasida juda tanlovchan bo'ladi. Ular faqat evkalipt barglarini yeydi va bunda ham duch kelganini emas, yilning turli fasllarida koala turli evkaliptlar barglarini yeydi, ma'lumki, bu daraxtlar ham faqat Avstraliyada o'sadi.

Koalaning ishtaxasi juda nozik, u ekvalipt daraxti bargi bilan oziqlanadi, ammo hamma ekvalipt barglarini ham yeyavermaydi. O'zi istagan bargni topolmasa ochidan o'ladi-yu ammo boshqa <>larni yemaydi. Shuning uchun ham koala Avstraliyadan boshqa joylarda hatto hayvonot bog'larida ham uchramaydi. <> so'zi mahalliy qabilalardan birining tilida - <> degan ma'noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Ekvalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Koalaning bo'yi yarim metrdan, og'irligi 10 kg dan oshmaydi. U darxtlar ustida juda sekin, xuddi yarim uyquda karaxt bo'lib qolgandek harakatlanadi; odatda, bir darxtning barglari tamom bo'lgunicha shu darxtda yashaydi, taxminan bir oydan keyingina ikkinchi darxtga o'tadi. Koalaning yangi tug'ilgan bolasi ham juda kichkina - atigi 2-4 sm kattaligida bo'lib, 5-6 oygacha onasining xaltasida yashaydi, shu davr ichida uning bo'yi 17-18 sm ga yetib qoladi. Keyin ona <>ni 5-6 oy opichib yuradi. Bir yoshga to'lgach, koala mustaqil hayot kechira boshlaydi. Koala juda bolajon bo'ladi, bolasini bag'riga bosib, xuddi odamdek allalaydi ham. Avstraliyadagi hayvonot bog'larining birida bir koalaning yosh bolasi nobud bo'lgach, u juda bezovtalangan, hatto boshqa koalaning bolasini o'g'irlamoqchi ham bo'lgan. Ona koalaning qo'liga o'yinchoq koala berilganidan keyingina u tinchlangan.

Avstraliyadagi maxsus joylarda boqiladigan koalalar odamga o'rganib qolishadi. Yovvoyi koala ham odamdan hayiqmaydi. Shovqin-suronni pisand qilmaydi, beparvo uxlayveradi. Koaladan ham beozor , ojiz hayvonni uchratish qiyin. U hech kimdan qochib qutula olmaydi, albatta. Koala jarohatlansa, boshqa hayvonlardek darg'azab bo'lmaydi, qo'llari bilan ko'zini berkitib yig'lay boshlaydi. Ana shunday beozor, yoqimtoy, osoyishta va nochor hayvonga kishining rahmi kelmaydimi, axir! Avstraliyaliklar koalaga haddan tashqari mehribon. Ammo koalalar qirilib, juda kamayib qolgan.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Vahob Rafiqov - <> 2010

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari