dcsimg
Image of capsella
Creatures » » Plants » » Dicotyledons » » Crucifers »

Shepherd's Purse

Capsella bursa-pastoris (L.) Medik.

Jagʻ-jagʻ ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Jagʻ-jagʻ, oddiy jagʻ-jagʻ, ochambiti (Capsella bursa-pastoris (L.) Medik.) — karamdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turiC. bursa-pastoris uchraydi. Tukli, baʼzan tuksiz poyasi oddiy yoki shoxlangan, boʻyi 10—50 sm. Tupbargdagi barglari bandli, oddiy, koʻpchiligi patsimon. Gullari mayda, siyrak shingilga toʻplangan. Tojbargi oq. Mevasi teskari yuraksimon uchburchak shaklli yoki ponasimon qoʻzoq. Bir oʻsimlik 70 minggacha yashovchan urugʻ beradi. Oʻsimlik erta baxorda una boshlaydi va kech kuzgacha rivojlanishi davom etadi. Maysalari yer betida toʻpbarg hosil qiladi. J.-j. qor ostida qishlab, erta bahorda yana rivojlanishni davom ettiradi. Hamma yerda tarqalgan. Koʻpgina ekinzorlarda, begona oʻt sifatida oʻsadi. Shuningdek, yoʻl yoqalari, ariq boʻylarida oʻsadi.

Kurash choralari: kuzgi shudgor, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish, qator oralarini kultivatsiya qilish. Boronalashdan avval treflanning (4—6 kg/ga) suvli emulsiyasini purkash va tezda borona qilish. Shuningdek, kotoran (1,0—1,6 kg/ga), kotofor (0,8—1,3 kg/ga), prometrin (1,3— 2,5 kg/ga) sepiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Jagʻ-jagʻ: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Jagʻ-jagʻ, oddiy jagʻ-jagʻ, ochambiti (Capsella bursa-pastoris (L.) Medik.) — karamdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi — C. bursa-pastoris uchraydi. Tukli, baʼzan tuksiz poyasi oddiy yoki shoxlangan, boʻyi 10—50 sm. Tupbargdagi barglari bandli, oddiy, koʻpchiligi patsimon. Gullari mayda, siyrak shingilga toʻplangan. Tojbargi oq. Mevasi teskari yuraksimon uchburchak shaklli yoki ponasimon qoʻzoq. Bir oʻsimlik 70 minggacha yashovchan urugʻ beradi. Oʻsimlik erta baxorda una boshlaydi va kech kuzgacha rivojlanishi davom etadi. Maysalari yer betida toʻpbarg hosil qiladi. J.-j. qor ostida qishlab, erta bahorda yana rivojlanishni davom ettiradi. Hamma yerda tarqalgan. Koʻpgina ekinzorlarda, begona oʻt sifatida oʻsadi. Shuningdek, yoʻl yoqalari, ariq boʻylarida oʻsadi.

Kurash choralari: kuzgi shudgor, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish, qator oralarini kultivatsiya qilish. Boronalashdan avval treflanning (4—6 kg/ga) suvli emulsiyasini purkash va tezda borona qilish. Shuningdek, kotoran (1,0—1,6 kg/ga), kotofor (0,8—1,3 kg/ga), prometrin (1,3— 2,5 kg/ga) sepiladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari