dcsimg

Arpa ( Özbekçe )

wikipedia emerging languages tarafından sağlandı
 src=
Hordeum vulgare

Arpa (Hordeum) – g‘alladoshlar oilasiga mansub bir va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda A. O‘rta Osiyo (Turkma-niston jan.)da miloddan avvalgi 12– 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma A. (N. sativum) jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik xususiyatlariga ko‘ra, A. bahori va kuzgi turlarga bo‘linadi. A. ildiz to‘plami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 – 6 ta bo‘g‘imli, bo‘yi 30 – 35 sm dan 130 – 134 sm gacha. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa g‘alla o‘simliklarining bargidan ko‘ra kengroq. To‘pguli boshoq. Mevasi parda-li yoki yalang‘och don, rangi sarg‘ish, och ji-garrang va och kulrang. 1000 ta doni vazni 20 – 60 g. Bahori A.ning vegetatsiya davri 55–110 sutka, kuzgisiniki 180 – 210 sutka (nav xususiyatlari va eki-ladigan hududga qarab). A. eng tezpishar don ekinidir. A. o‘zidan changlanuvchi o‘simlik, guli yopiq. Maysalari 4 – 5°da unib chiqadi, o‘sib rivojlanib bori-shi uchun qulay harorat 22°. A. issiqqa chidamli o‘simlik, havo quruqligini yaxshi ko‘taradi. Xalq xo‘jaligida A.dan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalani-ladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64,6% uglevodlar, 5,5% klechatka, 2,1% yog‘, 2,8% kul moddasi bor. 1 kg arpa doni 1,2 ozuqa birligiga teng .Lalmi dehqonchilik mintaqasida bahori, sug‘oriladigan yerlarda kuzgi-qishki va ko‘klamgi namdan yaxshi baxra oladigan yuqori hosil beradigan kuz-gi A. yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan ol-din (maining oxiri – iyun) pishib yetiladi. Sug‘oriladigan maydonlarda har gektaridan 50 s gacha hosil beradi. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda Qarshi, Zafar, Siklon; lalmi yerlarda Baysheshek, Unumli arpa, Nutans va boshqa na-vlari ekiladi. Urug‘lari 4 – 5 sm chuq. ga qadaladi, ekish me’-yori A.ning faqat o‘zi eqilganda 100 – 120 kg/ga, vika bilan birga eqilganda 50 – 70 va 40 – 50 kg/ga. A. o‘g‘itlarga talabchan. Yuqori hosil olish uchun gektariga 30 – 45 kg N (azot), 45 – 60 kg R2O5 (fosfor), 60 kg K,O (ka-liy) solinadi.A. zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, ko‘kko‘z va b; kasalliklardan eng ko‘p zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqaAd:. Kurbanov K., Yachmen v usloviyax bogaro‘ O‘zbekistona, T., 1972; Yigitali-yev M., Muhammadxonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, T., 1981.Qo‘ziboy Dushamov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

lisans
cc-by-sa-3.0
telif hakkı
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Arpa: Brief Summary ( Özbekçe )

wikipedia emerging languages tarafından sağlandı
 src= Hordeum vulgare