dcsimg

Binafsha ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Binafsha (Viola), gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, ekiladigan gul. B. Shim. yarim sharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 14tayovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta bahorda ochiladi. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq safsar, oq, sariq, havorang , xushboʻy hidli. B. yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda ham oʻsadi. Asosan, urugʻidan, ayrim turlari ildiz poyasini boʻlib ekish bilan koʻpaytiriladi. Xushboʻy B. (V. odarata)ning guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. B.ning bu turi Qrimda koʻp ekiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  1. (unspecified title)
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Binafsha: Brief Summary ( Uzbek )