dcsimg
صورة قيصوب
Life » » Archaeplastida » » ماغنولانية » » نجيلية »

قيصوب جنوبي

Phragmites australis (Cav.) Trin. ex Steud.

Qamish ( الأوزبكية )

المقدمة من wikipedia emerging languages

Qamishboshoqdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimlik turkumi. Oʻzbekistonda oddiy Q. (Phragmites communis Trin.) turi tarqalgan. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 3–5 m gacha yetadi, silliq, shoxlamaydi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, uzun nashtarsimon, chetlari oʻtkir gʻadirbudir. Gullari qoʻngʻirbinafsha, chochoq roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi kulrang doncha. Iyul—oktabrda gullab, mevalaydi. Bir toʻpguli roʻvaqda 50—100 mingta don (meva) tugadi, urugʻi shamol va suv orqali tarqaladi. Urugʻi 1415° haroratda sernam joyda unib chiqadi. Asosan, ildizpoyalaridan, baʼzan urugʻidan koʻpayadi. Sizot suvlar sathi yaqin (2–3 m gacha) tuproqlarda, don, sholi, gʻoʻza, beda va boshqalar orasida uchraydi. Shuningdek, botqoqlashgan zax joylarda, hovuz, toʻqaylar, koʻl, sugʻorish shoxobchalarida oʻsadi.

Kurash choralari: yer chuqur (30 sm gacha) haydaladi, yer betiga chiqqan ildizpoyalar yigʻishtirib olinadi, quritiladi; yerga dalapon (10–15 kg/ga) sepiladi; sugʻorish va drenajni tartibga solish bilan sizot suvlar sathi pasaytiriladi, chopiqtalab ekinlar chuqur kultivatsiya qilinadi.

ترخيص
cc-by-sa-3.0
حقوق النشر
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
النص الأصلي
زيارة المصدر
موقع الشريك
wikipedia emerging languages