Dinozavrlar (Dinosauria) — qirilib ketgan sudralib yuruvchilar. Tanasining uz. 20 sm dan 30 m gacha. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda, jumladan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda triasboʻr davrlari qatlamlaridan maʼlum. Yura davrida keng tarqalgan, oxirgi D. boʻr davrida (65 mln. yil oldin) qirilib ketgan. Olimlar ayrim D.ning qirilib ketishini global katastrofa (asteroidning tushishi va boshqalar), boshqalari yer yuzida oʻsimliklar qoplami va iqlimning asta-sekin oʻzgarishi (mas, aridizatsiya — quruqlashishi) yoki ular yashaydigan muhitdagi boshqa noqulay oʻzgarishlar bilan bogʻlashadi. 600 ga yaqin turi maʼlum. D. 2 turkum: kaltakesaksimon va qushsimon D.ga ajratiladi. Ikki turkum ham bir-biridan mustaqil holda har xil psevdozuxiylardan kelib chiqqanligi, ikki oyokda harakatlanish psevdozuxiylardan ularga oʻtganligi taxmin qilinadi. Keyinroq ikki oyokda yurish yirtqich D. va orni-topodlarda kuchaygan, boshqalari (stegozavrlar, zauropodlar, ankilozavrlar, shoxdor D.)da yoʻqolib ketgan. D. morfologik va ekologik jihatdan xilma-xil boʻlib, yirtqichlar ajdodidan kelib chiqqan. Qushsimon D. hamda kaltakesaksimon D.dan zauropodlar oʻsimlik bilan oziqlanishga oʻtgan va yiroq suv havzalari yoki dengiz sohiliga yaqin joyda yashashga moslashgan. Ornitopodlardan boshqa barcha qushsimon D.da yirtqichlarga qarshi himoya vositalari (stigozavrlar va ankilozavrlarda — ggixlar va suyak qalqonlar, shoxdor D.da — shoxlar) rivojlangan. D. tuxum qoʻyib koʻpaygan. Ayrim olimlar D. issiq qonli boʻlgan, lekin ularning issiqni saqlaydigan teri qoplami boʻlmaganligini taxmin qilishadi. Turlarining keng tarqalganligi va tez almashinganligi ulardan Yer qatlamlari yoshini aniqlashda keng foydalanish imkonini beradi.
Dinozavrlar, avvalo, suvda keyinchalik qurugʻlikda engdaxshadli qotillar bo‘lgan. Ular sovuqqon hayvon hisoblanadi. Ulardan keyin sutemizuvchilar paydo boʻlgan. Ular nimaga qirilib ketdi? Chunki Yerga ulkan meteorid kelib urilgan. Hali beri meteorid tushgan joyda sesmik faollik kuzatiladi.