dcsimg

Ajdargul ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Ajdargul, itog‘iz (Antirhinum) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar (ba’zan, chalabuta o‘simliklar) turkumi. 40ga yaqin turi bor. Asosan, Yevropa va Shimoliy Amerikada, qisman Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyoda A.ning bir turi — yirik ajdargul (A. majus L.) xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Bu to‘rning poyasi 30—60 sm, bargi nashtarsimon, past-dan yuqoriga maydalashib boradi. Gul-lari ikki labli, og‘zi yumuq, shingil to‘pgullariga yig‘ilgan. A.ning qizil, pushti, sariq yoki oq gulli xillari uchraydi. Changchilari to‘rtta, gulkosachasi 5 bargchali, tukli. Mevasi — ko‘sakcha. O‘zbekistonda sigirquyruqsoshlar oi-lasiga mansub va A. ga o‘xshash bir qancha o‘simliklar (mas, zig‘irak) ham ba’zan A. deb yuritiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Ajdargul: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Ajdargul, itog‘iz (Antirhinum) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar (ba’zan, chalabuta o‘simliklar) turkumi. 40ga yaqin turi bor. Asosan, Yevropa va Shimoliy Amerikada, qisman Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyoda A.ning bir turi — yirik ajdargul (A. majus L.) xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Bu to‘rning poyasi 30—60 sm, bargi nashtarsimon, past-dan yuqoriga maydalashib boradi. Gul-lari ikki labli, og‘zi yumuq, shingil to‘pgullariga yig‘ilgan. A.ning qizil, pushti, sariq yoki oq gulli xillari uchraydi. Changchilari to‘rtta, gulkosachasi 5 bargchali, tukli. Mevasi — ko‘sakcha. O‘zbekistonda sigirquyruqsoshlar oi-lasiga mansub va A. ga o‘xshash bir qancha o‘simliklar (mas, zig‘irak) ham ba’zan A. deb yuritiladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari