dcsimg

Kaklik ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Kaklik (Alectoris kakelik) — qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub qush. Ogʻirligi 370—770 g . Rangi yashaydigan joyiga mos boʻladi. Tumshugʻi, oyoqlari qizil. Narining oyogʻida kichkina toʻmtoq pixi bor. Janubiy Yevropada, Kichik, Oʻrta va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qrimda yoʻqolib ketgan edi, hozir qaytadan iqlimlashtirilmoqda. Oʻrta Osiyo togʻlarida, togʻ yon bagʻirlarida oʻtroq yashaydi. Juda hushyor, tez yuguradi, lekin uzoq masofaga ucholmaydi. Togʻlarda yashashga moslashgan. Kaklik— monogam qush. Martda urchiy boshlaydi. Uyasini toshlar, butalar, oʻtlar ostiga quradi. 6—24 tuxum qoʻyadi. Joʻjasi tuxumdan 20 kunda chiqadi va ertasigayoq ota-onasiga ergashib yuradi. Oʻsimliklarning kurtagi, barglari, don va urugʻlari, hasharotlar, ularning lichinkalari bilan oziklanadi. Goʻshti juda mazali, ovlanadi. Dekorativ sayroqi qush sifatida toʻrqafasda boqiladi.[1]

 src=
Alectoris chukar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Kaklik: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Kaklik (Alectoris kakelik) — qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub qush. Ogʻirligi 370—770 g . Rangi yashaydigan joyiga mos boʻladi. Tumshugʻi, oyoqlari qizil. Narining oyogʻida kichkina toʻmtoq pixi bor. Janubiy Yevropada, Kichik, Oʻrta va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qrimda yoʻqolib ketgan edi, hozir qaytadan iqlimlashtirilmoqda. Oʻrta Osiyo togʻlarida, togʻ yon bagʻirlarida oʻtroq yashaydi. Juda hushyor, tez yuguradi, lekin uzoq masofaga ucholmaydi. Togʻlarda yashashga moslashgan. Kaklik— monogam qush. Martda urchiy boshlaydi. Uyasini toshlar, butalar, oʻtlar ostiga quradi. 6—24 tuxum qoʻyadi. Joʻjasi tuxumdan 20 kunda chiqadi va ertasigayoq ota-onasiga ergashib yuradi. Oʻsimliklarning kurtagi, barglari, don va urugʻlari, hasharotlar, ularning lichinkalari bilan oziklanadi. Goʻshti juda mazali, ovlanadi. Dekorativ sayroqi qush sifatida toʻrqafasda boqiladi.

 src= Alectoris chukar
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari