dcsimg

Gulxayridoshlar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Gulxayridoshlar (Malvaceae) - ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub oʻt va butalar oilasi. Barglari panjasimon oʻyma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik, oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki kavat. Changchilari juda koʻp, ipchalari tutash. Urugʻchisi bitta. Mevasi koʻpchiligida koʻsak. Yer yuzida 80 ga yaqin turkumi va 1500 turi bor. Koʻp tropik va subtropik r-nlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, gʻoʻza, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 turkumi va 17 turi oʻsadi. Ularning koʻpidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali oʻsimlik sifatida eqiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Gulxayridoshlar: Brief Summary ( Uzbek )