Askomitsetsimonlar, xal tachali zamburug‘lar (Ascomycetes) – maxsus xaltachalarda rivojlanib yeti-ladigan sporalar orqali ko‘pa-yuvchi zamburug‘lar sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba’zi turlari jinssiz yo‘l bilan turli konidial sporalar hosil qiladi. Zamburug‘ mitseliysi bir yadro (gaplofa-za) hujayrali va xaltacha hosil qiluvchi qo‘sh yadro (diplofaza) hujayrali giflardan iborat. A.ning eng sodda tuzil-gan vakillarida xaltacha bevosita zigo-taaan yetiladi; bunda giflarning ikki hujayrasi va hujayra yadrolari o‘zaro qo‘shilib, zigota hosil qiladi, zigota esa o‘z navbatida xaltachaga aylanadi. Ayni vaqtda kopulyatsiya tufayli yuzaga kelgan zigota yadrosi reduksiya yo‘li bilan ketma-ket bo‘lina boradi. Shu tariqa ikki yoki uch bo‘linishdan so‘ng to‘rtta yoki sakkiz-ta gaploid yadrolar, ularning yonida esa shu yadrolar soniga teng keladigan asko-sporalar hosil bo‘ladi. Bunda zigotadan bitta xaltacha yetiladi. Biroq ko‘pchilik A.da (ayniqsa tanasidagi xaltachalari to‘da-to‘da bo‘lib o‘rnashgan vakillarida) zigotadan bitta emas, bir nechta xaltacha hosil bo‘ladi. A. asosan tana tuzilishiga va qisman xaltacha shakliga mos holda bo‘linadi. Ular yalang‘och xaltachalilar, ya’ni tuban A. (Gymnoasci), mevaxalta-chalilar (Carpoasci) va lokuloaskomi-setlar (Loculoasci) deb ataluvchi uchta kenja sinfga hamda bir necha oilalarga bo‘linadi. Keng tarqalgan, ko‘pchilik saprofitlar tuproqda, turli orga-nik qoldiqlarda uchraydi, oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘payib, ularni buzadi. Lishayniklar tanasida yashaydigan barcha zamburug‘lar A.ga kiradi. Konidiya dav-rida ko‘pchilik A. o‘simlik, hayvonlarda parazitlik qiladi, sellyulozani va har xil sanoat mahsulotlarini yemirib za-rar keltiradi. A. mikrobiologiya sano-atida fermentlar, antibiotiklar va boshqa mahsulotlar olish maqsadida foydala-niladi. Bir qancha turlari (qo‘ziqorin, strochok, tryufel va boshqalar)dan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi.[1]
Askomitsetsimonlar, xal tachali zamburug‘lar (Ascomycetes) – maxsus xaltachalarda rivojlanib yeti-ladigan sporalar orqali ko‘pa-yuvchi zamburug‘lar sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba’zi turlari jinssiz yo‘l bilan turli konidial sporalar hosil qiladi. Zamburug‘ mitseliysi bir yadro (gaplofa-za) hujayrali va xaltacha hosil qiluvchi qo‘sh yadro (diplofaza) hujayrali giflardan iborat. A.ning eng sodda tuzil-gan vakillarida xaltacha bevosita zigo-taaan yetiladi; bunda giflarning ikki hujayrasi va hujayra yadrolari o‘zaro qo‘shilib, zigota hosil qiladi, zigota esa o‘z navbatida xaltachaga aylanadi. Ayni vaqtda kopulyatsiya tufayli yuzaga kelgan zigota yadrosi reduksiya yo‘li bilan ketma-ket bo‘lina boradi. Shu tariqa ikki yoki uch bo‘linishdan so‘ng to‘rtta yoki sakkiz-ta gaploid yadrolar, ularning yonida esa shu yadrolar soniga teng keladigan asko-sporalar hosil bo‘ladi. Bunda zigotadan bitta xaltacha yetiladi. Biroq ko‘pchilik A.da (ayniqsa tanasidagi xaltachalari to‘da-to‘da bo‘lib o‘rnashgan vakillarida) zigotadan bitta emas, bir nechta xaltacha hosil bo‘ladi. A. asosan tana tuzilishiga va qisman xaltacha shakliga mos holda bo‘linadi. Ular yalang‘och xaltachalilar, ya’ni tuban A. (Gymnoasci), mevaxalta-chalilar (Carpoasci) va lokuloaskomi-setlar (Loculoasci) deb ataluvchi uchta kenja sinfga hamda bir necha oilalarga bo‘linadi. Keng tarqalgan, ko‘pchilik saprofitlar tuproqda, turli orga-nik qoldiqlarda uchraydi, oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘payib, ularni buzadi. Lishayniklar tanasida yashaydigan barcha zamburug‘lar A.ga kiradi. Konidiya dav-rida ko‘pchilik A. o‘simlik, hayvonlarda parazitlik qiladi, sellyulozani va har xil sanoat mahsulotlarini yemirib za-rar keltiradi. A. mikrobiologiya sano-atida fermentlar, antibiotiklar va boshqa mahsulotlar olish maqsadida foydala-niladi. Bir qancha turlari (qo‘ziqorin, strochok, tryufel va boshqalar)dan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi.