dcsimg

Vika ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Vika (Vicia L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, yem-xashak ekini. Yevropa, Osiyoning shim.-sharqiy mintaqalari, Shim. Afrika, Jan. Amerikada tarqalgan 150 ga yaqin turi bor. 12 turi ekiladi. Ekma V. vatukli V. turlari don, koʻk oʻt, silos, senaj olish uchun ekiladi. Ekma V. (v. sativa) bir yillik bahori, tukli V. (v. villosa) kuzgi ekin. Poyasi toʻrt qirrali. Barglari patsimon murakkab. Gullari oq, oʻzidan, baʼzan chetdan changlanadi. Mevasi (dukkaklari) yassiroq boʻlib, 4— 8 urugʻli, 100 kg pichanida 45,8 ozuqa birligi va 12,3 kg hazm boʻladigan protein bor. 1000 dona urugʻi vazni 400—1300 g . Urugʻi tarkibida 24—30% oqsil bor. Gektaridan 200—250 s koʻk massa, 30—60 s pichan, 20 s don olish mumkin. V. sugʻorilganda moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonda V.ning ekiladi gan bir turi (V. faba) bokla deb ataladi. V. tuproqda juda koʻp miqdorda azot toʻplaydi, shuning uchun koʻpgina ekinlarga yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Vika: Brief Summary ( Uzbek )