Albatrossimonlar (Diome-deidae) – bo‘ronqushlar turkumining bir oilasi. Tanasining uz. 85–140 sm, qanotlari ingichka, yoyilganda 3,6 m ga yetadi. Havoda qanot qoqmasdan uzoq vaqt ucha oladi, suvda yaxshi suzadi. Havoga to‘lqinlar cho‘qqisidan yoki qiyadan ko‘tariladi. Jan.yarim shar dengizlarida tarqalgan, ayrim turlari Tinch okeanining shim. qismiga (Uzoq Sharq dengizlariga) ham o‘tadi. A. monogam, galagala bo‘lib uchib yuradi. Ko‘payish davrida ko-loniya hosil qiladi. Okeanlarning odam yashamaydigan orollarida uya quradi, uyaga bittadan tuxum qo‘yadi. A. 5–10 yoshda vo-yaga yetadi. Baliq, boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi. A.ning 2 uruqqa mansub bo‘lgan 13 turi ma’lum. Oq yelkali A. (Diomedea albatrus) Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.