dcsimg

Bananxoʻrlar ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Bananxoʻrlar, turako (Musophagidae) — kakkusimonlar turkumiga kiradigan qushlar oilasi, 18 tacha turi bor. Ogʻirligi 250 g dan 1 kg gacha. Turatsin va turakoverdin kabi maxsus pigmentlar patlarining rangiga yarqiragan yashil va koʻk tus berib turadi. Sahroi Kabirdan jan.da Afrikaning oʻrmonlari va savannalarida yashaydi. Bananxoʻrlar koʻp vaqtini daraxt shoxlarida oʻtkazadi. Koʻpincha daraxt shoxlariga uya qoʻyadi. 2 ta tuxum bosadi. Tuxum bosishi 3 haftaga yaqin davom etadi. Joʻjalari 6 haftadan keyin uyani tashlab ketadi. Bu qushlarga bananxoʻr deb notoʻgʻri nom berilgan. Ular banan bilan emas, balki buta va daraxtlarning kurtaklari, meva va urugʻlari bilan oziqlanadi. Vakillari: kokildor turako (Corythaeola cristata), Efiopiya turakosi (Turaco ruspolii),T. bannermani turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMQXI)ning Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar

  1. "Bananxoʻrlar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages

Bananxoʻrlar: Brief Summary ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Bananxoʻrlar, turako (Musophagidae) — kakkusimonlar turkumiga kiradigan qushlar oilasi, 18 tacha turi bor. Ogʻirligi 250 g dan 1 kg gacha. Turatsin va turakoverdin kabi maxsus pigmentlar patlarining rangiga yarqiragan yashil va koʻk tus berib turadi. Sahroi Kabirdan jan.da Afrikaning oʻrmonlari va savannalarida yashaydi. Bananxoʻrlar koʻp vaqtini daraxt shoxlarida oʻtkazadi. Koʻpincha daraxt shoxlariga uya qoʻyadi. 2 ta tuxum bosadi. Tuxum bosishi 3 haftaga yaqin davom etadi. Joʻjalari 6 haftadan keyin uyani tashlab ketadi. Bu qushlarga bananxoʻr deb notoʻgʻri nom berilgan. Ular banan bilan emas, balki buta va daraxtlarning kurtaklari, meva va urugʻlari bilan oziqlanadi. Vakillari: kokildor turako (Corythaeola cristata), Efiopiya turakosi (Turaco ruspolii),T. bannermani turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMQXI)ning Qizil kitobiga kiritilgan.

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages