dcsimg

Seldsimonlar ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Seldsimonlar (Clupeiformes) -suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. 3 oilasi (seldlar, anchouslar, dorabalar); 70 urugʻi va 300 ga yaqin turi maʼlum.

Tropik, iliq va baʼzan sovuq suvli dengizlarda yashaydi. Ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi yoki uvildiriq tashlash uchun daryolarga oʻtadi. Toʻda boʻlib va pelagik yashaydigan baliklar plankton bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari ovlanadi. Yashash sharoitining oʻzgarishi yoki koʻp ovlanishi tufayli ayrim turlari (kaspiy S.) keskin kamayib bormoqda. Sdan Orol dengizida salaka yashagan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages

Seldsimonlar: Brief Summary ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Seldsimonlar (Clupeiformes) -suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5—75 sm, faqat doraba baligʻi —3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5—20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning oʻsimtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari tikansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suzgichlari 6—8 nurli. Tangachalari sikloidsimon. Yon chiziqlari boʻlmaydi, ammo jabra qopqogʻida sensor naylari yaxshi rivojlangan. 3 oilasi (seldlar, anchouslar, dorabalar); 70 urugʻi va 300 ga yaqin turi maʼlum.

Tropik, iliq va baʼzan sovuq suvli dengizlarda yashaydi. Ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi yoki uvildiriq tashlash uchun daryolarga oʻtadi. Toʻda boʻlib va pelagik yashaydigan baliklar plankton bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari ovlanadi. Yashash sharoitining oʻzgarishi yoki koʻp ovlanishi tufayli ayrim turlari (kaspiy S.) keskin kamayib bormoqda. Sdan Orol dengizida salaka yashagan.

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages