dcsimg
صورة Arhynchite hayaoi Tanaka & Nishikawa 2013
Life » » Metazoa » » حلقيات »

شوكيات الذيل

Echiura

Exiuridlar ( الأوزبكية )

المقدمة من wikipedia emerging languages

Exiuridlar — umurtqasiz hayvonlar tipi (ilgarigi halqali chuvalchanglar sinfi). Filogeneyasi aniq emas. Gavdasi silindrsimon, boʻgʻimlarga boʻlinmagan, uz. 3 sm dan 185 sm gacha. Uzun (1 m gacha) kipriklar bilan qoplangan xartumi oziqni ogʻizga surish uchun xizmat qiladi. Ogʻzi xartumi asosida joylashgan. Tanasining oldingi qorin tomonida bir juft qili bor. Ikkilamchi tana boʻshligʻida koʻp sirtmoqli ichagi joylashgan. Ichagi anal teshigiga ochiladi. Juft anal xaltasi kiprikli voronka bilan taʼminlangan boʻlib, ayirish va nafas olish funksiyasini bajaradi. Jinsiy hujayralar 1—4 juft nefromiksiyalar orqali chiqariladi. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlanmagan. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Ayrim jinsli, lichinkasi — troxofora. Ayrim turlari (bonelliya)da jinsiy dimorfizm rivojlangan. 1 sinfga mansub 150 ga yaqin turi bor. Dengiz tubidagi balchiqqa koʻmilib yashaydi.

ترخيص
cc-by-sa-3.0
حقوق النشر
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
النص الأصلي
زيارة المصدر
موقع الشريك
wikipedia emerging languages