dcsimg

Charx ilonlar ( الأوزبكية )

المقدمة من wikipedia emerging languages

Charx ilonlar, efalar (Echis) — qora ilonlar oilasiga mansub ilonlar urugʻi. Uz. 80 sm gacha. Kulrang yoki qoʻngʻir tusli tanasida oqish ilon izi hoshiyasi bor. Tanasining 2 yonidagi tangachalari kirrasida tishchalari boʻladi. Charx ilonlar tanasini halqa qilib oʻraganida tangachalar ishqalanishi natijasida charx toshi aylanishiga oʻxshash tovush chiqadi (nomi shundan). 3 turi, jumladan, qum charx iloni va chipor charx iloni Shimoliy Afrika, Janubiy, Jan.Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyoda tarkalgan. Oʻzbekistonda qum charx iloni Buxoro, Surxondaryo viloyatlari hamda Qizilqum choʻlida uchraydi. Shomda va tunda faol hayot kechiradi. Mayda umurtqalilar, yosh Charx ilonlar, asosan, hasharotlar va oʻrgimchaksimonlar bilan oziqlanadi. Tuxumdan tirik tugʻadi. Urgʻochisi 3 tadan 18 tagacha bola tugʻadi. Zaxarli, chaqishi oʻlimga olib kelishi mumkin. Zaxaridan immun zardob tayyorlashda va i.t. ishlarida foydalaniladi.

ترخيص
cc-by-sa-3.0
حقوق النشر
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
النص الأصلي
زيارة المصدر
موقع الشريك
wikipedia emerging languages