dcsimg

Xameleonlar ( 烏茲別克語 )

由wikipedia emerging languages提供

Xameleonlar, buqalamunlar (Chamaeleonidae) — kaltakesaklar oilasiga mansub sudralib yuruvchilar. Tili uzun boʻlib, ancha uzoqsagi oʻljani ham ushlab olish xususiyatiga ega. Rangi tashqi omillar (harorat va yorugʻlik) taʼsirida tez oʻzgaradi.

90 turi maʼlum. Afrika, Madagaskar o. va shu atrofdagi boshqa orollarda hamda Jan. Yevropa, Gʻarbiy va Jan. Osiyoda tarqalgan. Tanasi 60 sm cha. Boʻyni kalta, uzun dumi spiralsimon oʻraladi. Oyokdari uzun, besh barmokli, barmoqdari 2—3 tadan guruh boʻlib teri gʻilof ichida joylashgan. Tanasi shoxeimon tangachalar va teri oʻsiqchalar bilan qoplangan. Koʻz qovoklari rivojlangan (koʻzlari bir-biridan mustaqil ravishda harakatlana oladi). Koʻpchilik X. oʻpkasida xaltasimon oʻsikdari boʻladi. Xavf sezganda koʻp havo yutadi va tana shakli oʻzgarib, qoʻrqinchli tuye oladi. Rangi yorugʻlik, tra va boshqa taʼsirida tez oʻzgaradi (nomi shundan). Daraxt va butalarda soatlab oʻljasini poylab, kimirlamay oʻtiradi. Uzun tilini oʻljasiga otib, yopishtirib oladi. Hasharotlar bilan, yirik turlari mayda qushlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Koʻpchiligi tuxum qoʻyib (bir yoʻla 35 tagacha), ayrimlari tirik (14 tagacha bola) tugʻib koʻpayadi.

許可
cc-by-sa-3.0
版權
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
原始內容
參訪來源
合作夥伴網站
wikipedia emerging languages