dcsimg

Chakanda ( Özbekçe )

wikipedia emerging languages tarafından sağlandı

Chakanda, jirgʻanoq (Hippophae) — jiydadoshlar oilasi daraxtsimonlar yoki butasimonlar turkumi; dorivor va mevali ekin. Yevrosiyoning iliq ikdimli mintaqalarida 3 turi tarqalgan. Sharqiy va Gʻarbiy Sibir, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda daryo sohillari va toʻqayzorlarda Ch.ning jumrutsimon turi (H.rhamnoides) yovvoyi holda oʻsadi. Rossiyaning Oltoy, Sibir va Noqoratuproq zonalarida madaniylashtirilgan navlari oʻstiriladi. Tabiiy oʻsadigan chakandazorlardan ham keng foydalaniladi. Ch. yorugʻsevar, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Boʻyi 2–5 m, sershox, bargi nashtarsimon zich, usti kulrang, osti kumushsimon. Ch. ikki uyli (erkak va urgʻochi daraxtli) oʻsimlik. Bahorda barg chiqarishi bilan gullaydi, shamol yordamida changlanadi. Gullari mayda sargʻish, hidli. Mevasi avgust oxiri—sentabr boshlarida pishib yetiladi, mayda, tuxumsimon yoki dumaloq, novdalarga zich yopishgan, rangi och sariq yoki sargʻishqizil, taʼmi nordonshirin. Tarkibida organik kislotalar, qand, S va V, Ye, Gʻ guruhi vitaminlari, karotin hamda tibbiyotda ishlatiladigan shifobaxsh moy bor. Ch. bachki, parxish hamda qalamchasidan koʻpaytiriladi. Qumliklarni, qirgʻoqlarni, temir yoʻl boʻylarini mustahkamlash, yoʻlaklarni qordan ximoya qilish maqsadida ham ekiladi. Mevalari yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, sharbat tayyorlanadi, moy olinadi. Bogʻ va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.bu o`simlik mevasi oshqozon ichak kasaliklarini davolash uchun dori tayorlanadi shu jumladan kuygan joylarni davolashda mazlar tayorlanadi. Chakanda (Hippophae rhamnoides L.)– buta yoki daraxt, uzunligi to 10 metragacha. Bu o’simlikning shoxlarida 0,5-7 sm tikanlari bor, ular hayvonlardan uni himoya qiladi. Novdalarda ularning mikdori va uzunligi yashash sharoitiga, iqlimni o’zgarishiga va butalarning shakliga bog’liq. Tikanlari ikki turda uchraydi: kichik ( uzunligi to 0,5 sm gacha), hamma vaqt mevali novdalarning oxirida uchraydi, bir xil paytda novdalarning o’rta qismida ham uchrashi mumkin. Tikanlarning ikkinchi turining uzunligi 2-7 sm, yozgi novdalarga o’xshab, ko’rtaklardan bir yillik novdalarda hosil bo’ladi, ular o’zgargan va kalta yozgi novdalarga o’xshaydi. Hosil bo’lgan yilda tikanlarda barglar ham joylashishi mumkin, yilning oxirida tikanlarning to’qimalari quriydi [2].Yosh novdalar va barglari yulduzli tukchalar bilan qoplangan. Barglari uzunchoq yoki lansetsimon bo’ladi, mayda barglarning uzunligi 2-3 sm, eni 0,5 sm, katta barglarining uzunligi to 10 sm, eni 1-1,2 sm Barg og’izchalari bargnig ostki tomonida joylashgan.Po’stloq va novladarning rangi yashil-qo’ng’ir, qo’ng’ir va qora bo’lishi mumkin. Barglarning ustki qismida to’q yashil tukchalar bo’ladi, bargni ostki qismi och yashil rangda yulduzli tukchalar bilan qoplangan. Chakanda- ikki o’yli buta, chunki gullari har xil o’simliklarda joylashgan. Erkak va urg’ochi gullar yosh novdalarda aralash ko’rtaklarda barglar orasida hosil bo’ladi. Chakanda novdalarida vegetativ va aralash ko’rtaklar joylashgan bo’ladi. Vegetativ ko’rtaklar asosan yosh meva hosil qilmagan o’simliklarda hosil bo’ladi. Ular aralash ko’rtaklarga nisbatan kichikroq bo’ladi. Meva hosil qiladigan o’simliklarda aralash ko’rtaklar paydo bo’ladi. Ularning shakli har xil bo’ladi va o’simlik jinsiga bog’liq. Erkak o’simliklarning kurtaklari, urg’ochi o’simliklarnikiga nisbatan kattaroq. Urg’ochi o’simliklarning gullari yakka-yakka barglar orasida joylashgan. Erkak o’simliklarning gullari esa 2-8, bir xil paytda 10-12 gullardan tuzilgan [34]. Chakanda mevasining shakli har xil bo’ladi, ularning 100 donasini og’irligi 4 g to 80-100 grammgacha bo’ladi. Mevasining og’irligi to 0,3 grammagacha bo’lsa, mayda bo’lib hisoblanadi, 0,3-0,6 grammgacha o’rtacha va 0,6 grammagacha katta bo’lib hisoblanadi. Mevalarning shakli sharsimon, ovalsimon va silindsimon bo’lishi mumkin. Rangi sariqdan to qizg’ichgacha. Meva poyalari 1-8 mm gacha. Mevaning mag’zida urug’ joylashgan bo’ladi u yakka bo’lib uzunchoq yoki ovalsimon bo’ladi, 1000 urug’ining og’irligi 12-20 gramm va 1 grammida 55-85 urug’ kiradi. Urug’lar kungir rangda yoki qoramtir bo’lishi mumkin.Chakandaning ildiz sistemasi qalin ipsimon ildizlardan tashkil topgan, ular o’tkazuvchi vazifasini bajaradilar. Ildizlarda sharsimon tugunaklar joylashadi. Ular bir yillik o’simliklarda paydo bo’ladi va keyinchalik yon ildizlarida joylashadi. Bunday tuganaklar yordamida chakanda atmosferadagi azotni fiksasiya qiladiChakandaning o’tkazuvchi ildizlarida tinch holatdagi ko’rtaklar joylashadi va qulay sharoitda ildiz o’simtalari hosil bo’ladi. Ular yordamida tabiiy sharoitda chakanda kurtinalari hosil bo’ladi. Tabiiy sharoitda chakanda ildiz sistemasini tuzilishiga va tarqalishiga tuproqning mexanik tarkibi va namligi ta’sir etadi. Qumli tuproqlarda ildizlar eniga 12 metr radiusda tarqalishi mumkin. Chakanda – har xil jinsli, ikki uyli o’simlik, urg’ochi va erkak gullari har xil o’simliklarda shakllanadi. F.D.Qobulova [12] ma’lumotlariga binoan erkak o’simliklari uchinchi yilda rivojlanib, ko’rtaklar kattaligi va o’simliklarning balandligi bo’yicha urg’ochi o’simliklardan farq qiladi: erkak o’simlik 30 sm urg’ochi o’simliklardan baland bo’ladi. Urg’ochi o’simliklarda vegetasiya oxirida novdalarning miqdori 75 teng bo’ladi, erkak o’simliklarda esa – 83. Uchinchi yilda chakanda gullaydi. Erkak o’simliklari urg’ochi o’simliklarga nisbatan oldinroq gullab, gullashi bir necha kun ko’proq davom etadi. Erkak o’simliklarda gullash paytida novdalarning o’sish kuzatilmaydi va barglar umuman ko’rinmaydi. Bu davrda urg’ochi o’simliklarda barglar rivojlana boshlaydi. Chakanda mevasi shirali bo’ladi [17]Chakanda qulay sharoitlarda katta toza chakandazorlarni hosil qiladi. Bu chakandazorlarning markazida bitta asosiy buta joylashib, atrofida hamma tomonga qarab, balandligi pastroq bo’lgan butalar joylashadi. Ko’pgina paytlarda chakandazorlar bir jinsli bo’ladi, aralash holatda ham uchrashi mumkin, bunnday joylashish urg’ochi o’simliklarni changlanishiga qulay bo’ladi.Chakandaning yashash sharoiti ularning hayotini uzunligiga ta’sir etadi. Issiq iqlim sharoitlarida chakanda daraxt shaklida bo’lib, uning balandligi to 15 metrgacha bo’ladi, sovuq iqlimda esa chakandazorlarda kalta butalar keng tarqalgan bo’ladi, ularning hayotining uzunligi 15-20 yilga teng bo’ladi. Baykal sharoitida 34-36 yoshli erkak o’simliklari uchraganligi aniqlangan. Tunkin vodiysida chakandaning past bo’yli shakllari tarqalganligi aniqlangan, ularning balandligi 120-140 sm teng bo’lib, hayoti 10-12 yilni tashkil etadi. Erkak o’simliklari urg’ochi o’simliklarga nisbatan 5 yil ko’proq yashaydilar [31].Har xil tashqi sharoit ta’sirida va uzoq moslashish natijasida chakandaning iqlim tiplari shakllangan, ular bir-biridan morfologik belgilar bilan farq qiladi. N.N.Yakovlev-Sibiryak [41] birinchi bo’lib, chakandaning 4 bo’lgan: sibir, qozog’iston, o’zbekiston, kavkaz tiplari.U.Rousi esa chakandaning klassifikasiyasini tuzib, uning 9 turi borligini ko’rsatgan, ularga quyidagilar kiradi: daryooldi, jumratsimon, karpat, kavkaz, turkiston, mongol, xitoy, yunnan, djangzen [38].J.I.Gatin [4] uchta turga bo’lgan : altay, sayan, tyan-shan. Samarqand viloyatida tarqalgan chakanda tyan-shan yoki uzbekiston tipiga kiradi. Jumratsimon chakanda – yovvoyi mevali o’simliklar qatoriga kirib, juda ham keng qo’llaniladi. Birinchi bo’lib, bu o’simlikni Feofrast, Dioskorid va Pliniylar ishlarida keltirilgan. Bu o’simlikning ilmiy nomi Hippophae rhamnoides grekcha so’zlardan kelib chiqqan, masalan hippos (ot), phae (yaltiroq). Bu o’simlik keng veterinariyada ishlatilgan, greklar bu o’simlikni barglarini va yosh novdalarini otlarni oziqlanishida ishlatganlar. Otlar chakanda ta’sirida tezda sog’lom bo’lgan.Chakanda mevalari Sibirda qadim zamonlardan beri ishlatilgan. P.S.Pallas XUSh asrda chakanda mevasini tasvirlab, uning nordonligi haqida yozgan. Chakanda mevalarini aholi ko’p mikdorda iste’mol qilib, ulardan jele, varenye va boshqa mahsulotlar tayyorlaydilar.X1X asrda chakandani yaxlangan holatda iste’mol qilganlar. Nordonligini pasaytirish uchun unga shakar qo’shilgan va kisel, varenye, pastila, vino tayyorlaganlar. Chakanda mevalari Mongoliyada ham keng qo’llaniladi. Bu yerda chakanda mevalaridan oziqa mahsulotlar va chakanda yog’i tayyorlanadi. Chakanda mevalarini Sibir xalqi ham keng ishlatadi. Mevalaridan kisel, varenye va boshqa mahsulotlar tayyorlaydilar. Chakanda yashil-kumush rangli barglari va chiroyli rangli mevalari orqali manzarali o’simlik bo’lib hisoblanadi. Chakanda mevalari uzoq vaqt mobaynida daraxtlarda saqlanganligi sababli manzarali bog’dorchilikda ham qo’llaniladi. Chakanda tirik devor bo’lib ham ishlatiladi. Yog’ochidan ko’pgina mayda qurilish materiallar tayyorlanadi. Chakandaning yog’ochi qattiq, chiroyli bo’ladi. Chakandaning yosh barglar va novdalaridan qoramtir bo’yoqlar tayyorlanadi. Chakanda mevalarining neytral suvli eritmasidan bo’yoqlar tayyorlanadi, ular gazmollarni sariq va yashil ranglarga bo’yaydi.Chakanda qadim zamonlardan shifobaxsh o’simlik sifatida ishlatiladi. Gresiya, Xitoy, Rim, Mongoliya qadimgi xalq tabobatida chakanda o’pka, jigar, oshqozon, suyak kasalliklarida ishlatilgan. Sibir sharoitida chakandadan dizenteriya, teri kasalliklari, revmatizmga qarshi shifobaxsh moddalar tayyorlaganlar. Ko’pgina kadimiy tibbiy asarlarda chakanda o’pka kasalliklarga qarshi ishlatilgan. Bundan tashkari chakanda preparatlari organizmlarda qon harakatlanishiga yordam beradi, mevalari tomoq kasalliklarini yo’qotishga yordam beradi.Hozirgi kunda chakandaning shifobaxsh xususiyatlari katta ahamiyat berilmokda, shuning uchun mevalarining kimyoviy tarkibi turlicha o’rganilayapti.Chakanda – kam kaloriyali o’simlik bo’lib hisoblanadi, uning 100 gramm mevasi 30 kaloriya ajratadi. Mevlarining nordonligi 1,3 to 2,7% gacha bo’ladi. Chakanda mevalarida olma, щavel, yantar kisloalar uchraydi, ular yuqori fiziologik faollikga ega. Chakandaning ko’pgina o’rgangan navlarida shahar miqdori past bo’lib – 3-6% tashkil etadi.Chakanda mevalarining shifobaxsh xususiyatlari ularning tarkibiga yog’bo’lishi bilan bog’liq. Chakanda yog’i tarkibida ko’p vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar topilgan. Ularning mikdori 1 to 18% bo’ladi. Chakanda yog’ida vitaminlardan Ye, K, provitamin A hal bo’ladi, yog’ qoldiqlari tarkibida stearin tabiatidagi moddalar topilgan – sitosterin, fosfolipidlar, xolinlar, karotin va boshqalar. Chakanda tarkibida ko’p mikdorda vitamin Ye uchraydi. Chakandaning meva shirbatida vitaminlardan A, S, V1, V2, V6, Ye, K, R uchraydi. Askorbin kislotaning mikdori 37-268 mg/100 g mevada uchraydi. Chakanda mevalarining tarkibida aminokislotalar ham uchraydi, masalan, alanin, fenilalanin, glutamin, sistein, leysin, lizin, arginin, serin, valin va boshqalar. Bundan tashqari mevalarda efir yog’lar, mikro-va makroelementlar ham uchraydi. Chakanda mevalari tarkibida 15 mikroelementlar topilgan, ular temir, magniy, marganes, mis, bor, oltingugurt, xlor, alyuminiy, kremniy va boshqalar. Bundan tashqari mevalarning tarkibida 8% yog’ topilgan, shu tufayli u juda yaxshi immunomodulyator va immunoprotektor bo’lib hisoblanadi [2, 27, 48]. Chakandaning barglari va po’stlog’i ham shifobaxsh bo’ladi. Chakanda barglarining tarkibida askorbin kislota va karotinoidlar, R-faol moddalar uchraydi. Skelet novdalarining po’stlog’ida serotonin alkaloidi topilgan, bu alkaloid asab sistemasini faoliyatida katta ahamiyatga ega. Serotonin shishiklar faoliyatini to’xtatishi mumkin. Shunday qilib, chakanda organizmning tabiiy mahsulotlariga o’xshab xilma-xil farmakologik ta’sirga ega. Biologik faol moddalar orqali chakanda effektiv shifobaxsh o’simlik bo’lib ishlatiladi. Chakanda yog’i ko’pgina kasalliklarga qarshi ishlatiladi, masaslan oshqozon kasaliklari, ekzema, eroziya, gaymoritlar, shishiklar, ateroskleroz, avitaminozlarda. Chakanda yog’ining shifobaxsh ta’sirini ko’p olimlar o’rgangan. Bu yog’ kuchli regenerativ xususiyatga ega bo’lib, hujayralarni shishiklardan himoya qiladi va antiradiant hisoblanadi. Chakanda tarkibida beta-karotinni (provitamin A) bo’lishi odam embrionini rivojlanishiga yordam beradi, homiladorlik yaxshi o’tib, odamning umumiy holati va o’sish yaxshi darajada bo’ladi. Chakanda yuqumli kasalliklarga ham qarshi ishlatiladi. Og’ir sharrohlik operasiyalardan so’ng tezda yaralarni tuzatadi, qon tomirlarini elastik holatga keltiradi. Tokoferol moddasini yetarli mikdorda bo’lishi yurakning normal holatga keltiradi. Chakanda mahsulotlarini profilaktik jihatdan iste’mol qilishi odamlarning sog’lom bo’lishiga keltiradi [27].Rossiyada shifobaxsh va aromatik o’simliklar institutida yangi antivirus dori ishlab chiqilgan, u chakanda barglaridan tayyorlangan, uning nomi - giporamin. Bu dori mikroblarga, gerpes, adenovirus, patogen zamburug’lar va bakteriyalarga qarshi ishlatiladi Qalin matnHozirgi vaqtda ko’p yangi navlar yaratilgan va yovvoyi chakandazorlardan istiqbolli shakllar ajratilgan, ularning ta’mi yaxshi bo’lib, tarkibida yuqori mikdorda chakanda yog’i va vitaminlar topilgan [20]. Chakanda parfyumer sanoatida ham ishlatiladi, undan shampunlar, kosmetik kremlar, teri tozalovchilari, soch uchun bo’yoqlar tayyorlaydilar.Chakandani o’rmonchilikda ham katta ahamiyati bor. Bu o’simlik ildizlari yordamida tez ko’payib tuproq eroziyasiga qarshi ishlatiladi va rekultivasiyada katta ahamiyati bor.Shunday qilib bug’ungi kunda chakandani ko’p sohalarda ishlatadilar uni XX1 asrning o’simligi deb hisoblaydilar. Chakandani ko’p mamlakatlarda o’rganadilar. Oxirgi yillarda MDH mamlakatlarida, Xitoyda, Mongoliyada katta sanoat plantasiyalar tashkil etganlar. Ko’pchilik ilmiy ishlar Altayda, Sibir bog’dorchilik institutida, Nijni novgorod selxozakademiyasining botanika kafedrasida o’tkaziyalayaati. Rossiyada ilmiy ishlar natijasida 50 yaqin har xil navlar yaratilgan. Hozirgi kunda ular har xil chet mamlakatlar bilan hamkorlikda genetiko-seleksion ishlar olib bormokdalar [45, 48, 49]. Rossiyadan tajribani orttirib, xitoyliklar chakandani juda katta maydonlarda o’stirayaptilar. Xitoyliklar uchun chakanda strategik o’simlik bo’lib hisoblanadi. Bu o’simlik orqali ekologik holat yaxshilanadi, suv va shamol eroziyasi bilan kurash o’tkazish mumkinligi aniqlangan. Xitoy sharoitida ko’pgina unumli tuproqlar yuvilib ketmokda. Buning natijasida ko’pgina tuproqlar foydalanishdan chiqadi. Shuning uchun chakanda orqali, uning biologik xususiyatlari bilan foydalanib bu muaamolarni yechish mumkinligi aniqlangan.Chakandadan 250 ta dan ko’proq har xil oziqali, dorivor va kosmetik mahsulotlar tayyorlanadi.Chakandaning tarkibida provitamin A uchraydi. Bu vitaminni boru yoqligidan odam embrionini rivojlanishi, umuman odamning o’sish va holati bog’liq. Chakanda yuqumli infeksion kasalliklarga ham qarshi ishlatiladi. Chakanda tarkibida vitamin Ye - tokoferol topilgan. Bu vitaminning ta’sirida odam qarishi sekinlashadi, yurak va ko’pgina ichki organlarni ishini faollashtiradi. Nafas olish organlarining va oshqozon kasalliklariga qarshilik ko’rsatadi. Bu o’simlikning tarkibida yog’li kislotalardan – linolev va linolen tarqalgan, ular odam organizmi uchun muhim, biooksidantlar hisoblanadi.Oxirgi paytlarda organizmning oksidlanishi tarqalib, unda parchalanish mahsulotlari va erkin radikallar to’planmoqda. Ular rak hujayralarini faol holatga keltiruvchi bo’lib hisoblanadi. Lekin chakanda rak kasalliklariga qarshilik ko’rsatadigan o’simlik hisoblanadi. Uning mevasida furokumarin, leykoantosian, po’stlog’ida – serotonin moddalari topilgan, ulardan rakka qarshi preparatlar yaratilmoqda. Bu preparatlar undan ko’p shishiklarga qarshi chiqishi mumkin. O’zbekistonda bu o’simlik ko’pgina maydonlarni egallagan va asosan Zarafshon vodiysida tarqalgan. Bu yerda bu o’simlikning har xil shakllari va biologik xususiyatlari o’rganilayapti. Lekin oxirgi paytda antropogen omil ta’sirida yovvoyi chakandazorlarning maydonlari qisqartirilayapti.Bu asosan tabiiy chakandazorlarning noto’g’ri ishlatilishi, daraxtlarni kesilishi, o’rmonlarni himoya qilmaslik natijasida ro’y beradi.Chakanda – to’qayzorlarda tarqalgan o’simlik bo’lib hisoblanadi. Hamma vaqt nam joylarda, daryo bo’ylarida keng tarqaladi. Bu o’simlik Markaziy Osiyoda, Qirg’iziston va Tojikistonda keng tarqalgan. Chakanda o’simligining mеvasi va moyi - Fructus et oleum Hippophaes O’simlikning nomi. Jumrutsimon chakanda - Hippophae rhamnoides L.Oilasi. Jiydadoshlar - Elacagnasеaе.Bo’yi 4 - 6 m ga yеtadigan ikki uyli daraxt. Poyasi sеrshox, tikanli, qo’ng’ir yashil po’stloqli. Bargi oddiy, chiziqsimon - lantsеtsimon, tеkis qirrali, yuqori tomoni kulrang - to’q yashil, ostki tomoni oqish, qo’ng’ir rangli tangachalar bilan qoplangan. Poyada kalta bandi bilan kеtma-kеt joylashgan. Gullari bir jinsli, ko’rimsiz. Otalik gullari mayda, kumush qo’ng’ir rangli, kalta boshoqlarga to’plangan, gul qo’rg’oni 2 ta ellipssimon bargchadan tashkil topgan. Otaligi 4 ta, onalik gullari 2-5 tadan bo’lib, qisqacha bandi bilan shoxlar qo’ltig’iga o’rnashgan gulqurg’oni naychasimon, ikki bo’lakli, ichi sariq rangga bo’yalgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mеvasi - sharsimon yoki cho’ziqroq, to’q sariq yoki qizg’ish rangli, sеrsuv, danakli mеva.Aprеl - mayda gullaydi, mеvasi avgustdan oktyabrgacha pishadi. Mеvasi to’qimasidan shoxlarida kеlasi yilgacha saqlanadi.Gеografik tarqalishi. Daryo, ko’l va dеngizlarning shag’alli, qumli qirg’oqlarida, tеkislik va tog’larda o’sadi.O’rta Osiyoda, Sibirda, Kavkaz va YYevropada o’sadi.Mahsulot tayyorlash. Kuzda yoki qishda yig’iladi. Ilgari mеva pishgandan kеyin, qishda shoxlarini qirqib qoqib olinadi. Mеvasi muzlaganda buzilmaydi.Hozirgi vaqtda maxsus moslamalar bilan idishlarga mеvalar shoxlaridan sidirib tеriladi, barglardan tozalanib o’sha kuniyoq zavodlarga yuboriladi.Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot dumaloq yoki bir oz cho’ziqroq shaklli, sеrsuv, danakli mеvadan iborat, xushbo’y hidli, tilla rang sariq yoki qizg’ish rangga bo’yalgan bo’lib, uzunligi 0,8 - 1sm. Danagi silliq, jigarrang, tuxumsimon.Kimiyoviy tarkibi. Mеva tarkibida 450 % vitamin C, 0,035 mg % vit. B1, 0,056 mg % vit. B2, 145 mg % vit. Е, 60 mg % karotin, 0,79 mg % folat kislota, 9 % gacha yog’ (mеvaning yumshoq qismida) organik kislotalar va boshqa moddalar bor.Urug’i tarkibida 12,5 % yog’, 0,28 mg % vit. B1, 0,38 mg % vit. B2, 14,3 mg % vit. Е, 0,3 mg % karotin bor.(Beknazar O'ralov) Chakanda moyi yarim quriydigan, to’q sariq rangli, tarkibida 180-300 mg % karotinoidlar (shu jumladan 40 - 100 mg % karotin), 110 - 165 mg % vitamin Е va P bo’ladi. Ishlatilishi. Chakanda moyi og’riq qoldiruvchi, yarani tеz bitiradigan ta'sirga ega. Nur kasalligidan shikastlangan tеri yaralari, kuygan qizilo’ngachni, mе'da yarasini va ginеkologik kasalliklarni davolashda chakanda moyi - Oleum Hippophaes sifatida ishlatiladi.Chakanda moyi - bu suvsizlantirilgan mеvani kungaboqar yog’i bilan ekstraktsiya qilib olingan prеparatdir. Prеparat tarkibida karotinoidlar 180 - 200 mg % bo’lishi kеrak.

lisans
cc-by-sa-3.0
telif hakkı
Vikipediya mualliflari va muharrirlari