dcsimg

Chuchmomadoshlar ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Chuchmomadoshlar — piyozboshli va ildizpoyali, hasharotlar yordamida changlanuvchi koʻp yillik oʻtlardan iborat turkumlarni oʻz ichiga olgan oila. Gullari ikki jinsli, toʻgʻri yoki sal qiyshiq. Gulqoʻrgʻoni ikki doyra hosil qilib oʻrnashgan. Mevasi koʻsakcha. Oilaning , asosan, tropik va subtropik oʻlkalarda tarqalgan 90 turkumi (1000 turi) mavjud. Shundan Oʻzbekistonda 4 turkumi (8 turi) usadi. Ch.ning barcha vakillari manzarali (istirohat bogʻlari, xonadonlar va oranjereyalarda oʻstiriladi). Dorivor turlari (maye., omonqora) ham bor.

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages