dcsimg

Qirgʻovulsimonlar ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Qirgʻovulsimonlartovuqsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 165 turi maʼlum. Yevrosiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda bedana, kaklik, ularlar va boshqa turlari uchraydi. Choʻl, oʻtloq, butazor, qoyalarda, oʻrmon va tekisliklarda yashaydi. Q., asosan, oʻtroq yoki koʻchib yurib (faqat bedana mavsumiy) hayot kechiradi. Odatda, uyasini yerga, baʼzilari daraxtga yasaydi. 2—20 ta tuxum qoʻyadi. Oʻsimlik mahsulotlari, hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Q. ovlanadi. Yovvoyi tovuqlar xonaki tovuq zotlarining nasl boshidir, tovuslar xonakilashtirilgan, qirgʻovullar ovchilik xoʻjaliklarida, bedanalar fermalarda koʻpaytiriladi. 21 turi va 2 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages