dcsimg

Nilufar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Nilufar (Nelumbo) — nilufardoshlarga mansub suvda oʻsadigan koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Ikkala yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida va tropiklarda 2 turi — guli pushti yongʻoqchali N. (N.nicifera) va sariq N. (W.lutea) oʻsadi. Bargi yirik, qalqonsimon, bandi uzun, suv betida qalqib turadi yoki suvdan yuqori koʻtarilib oʻsadi. Guli yakka, yirik, ikki jinsli, diametri 16 sm gacha boradi, oq yoki pushti, xushboʻy, bargi ustida ochiladi.

Mevasi konussimon, koʻp yongʻoqchali, suv ostida yetiladi. N. urugidan yoki ildizpoyasidan koʻpayadi. Unib chiqqa-nidan keyin 3-yili gullaydi. Hindiston va Xitoyda pushti N. kadimdan muqaddas oʻsimlik hisoblanadi. N.ning madaniy shakllari koʻp. N.ning poyasi, barglarida vitamin S va kauchuk, bandi va novdalarida zaharli modda — nelyumbin bor.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Nilufar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Nilufar (Nelumbo) — nilufardoshlarga mansub suvda oʻsadigan koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Ikkala yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida va tropiklarda 2 turi — guli pushti yongʻoqchali N. (N.nicifera) va sariq N. (W.lutea) oʻsadi. Bargi yirik, qalqonsimon, bandi uzun, suv betida qalqib turadi yoki suvdan yuqori koʻtarilib oʻsadi. Guli yakka, yirik, ikki jinsli, diametri 16 sm gacha boradi, oq yoki pushti, xushboʻy, bargi ustida ochiladi.

Mevasi konussimon, koʻp yongʻoqchali, suv ostida yetiladi. N. urugidan yoki ildizpoyasidan koʻpayadi. Unib chiqqa-nidan keyin 3-yili gullaydi. Hindiston va Xitoyda pushti N. kadimdan muqaddas oʻsimlik hisoblanadi. N.ning madaniy shakllari koʻp. N.ning poyasi, barglarida vitamin S va kauchuk, bandi va novdalarida zaharli modda — nelyumbin bor.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari