dcsimg

Akulalar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Akulalar (Selachomorpha) – tog‘ayli baliqlar sinfi plastinka ja-bralilar kenja sinfining katta tur-kumi. Tanasi suyri shaklda, suv tubida yashovchi A. yassi, uz. 15–40 sm dan (tikanli qora A.) 15–20 m gacha (gigant A.), og‘irligi 14 t gacha (gigant va kit A.). Tanasi plakoid tangachalar bilan krplangan. Jabra yoriqlari 5 (ba’zi turlarida 6–7) tadan bo‘lib, boshining ikki yonida, og‘zi boshining ostida tanasiga ko‘ndalang joylashgan. Dum suzgichi kuch-li rivojlangan, har xil kattalikdagi (gsterotserkal) ikkita bo‘lakdan ibo-rat. Tishlari ko‘p, uchi o‘tkir. Yirtqich A.ning tishlari juda yirik. Ko‘pchilik A. yirtqich; baliqlar, mollyuskalar va boshqa hayvonlar bilan, kit va gigant A. esa plan-kton bilan oziqlanadi. A. tuxumdan tirik tug‘adi yoki tuxum qo‘yib ko‘payadi. A. 6 turkumni (har xil tishlilar, ko‘p jabra-lilar, lamnosimonlar, katransimonlar, arraburunsimonlar, skvatinsimonlar), 20 oilani o‘z ichiga oladi. A. Orol va Kaspiy dengizidan boshqa hamma dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suv havzalari (Gang va Amazonka daryolari, Nikaragua ko‘li)da yashaydi. Qora va Uzoq Sharq dengizlarida tikanli qora A., ya’ni katran, Shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida seld A., shim. dengizlarda qutb A. tarkalgan. A. ayniqsa tropik dengizlarda xilma-xil bo‘ladi. Ko‘pchilik A. ovlanadi, jigaridan baliq yog‘i oli-nadi, go‘shti ovqat uchun ishlatiladi. skeletidan baliq yelimi tayyorlanadi. Ko‘pchiligi yirtqich A. (yo‘lbars A., kar-harodon, bolg‘abosh A., mako A. va boshqalar), aso-san baliqlar va suvdagi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Akulalar: Brief Summary ( Uzbek )