Dagʻalkanop, gʻoʻzor (Abutilon theophrasti Medic.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, tukli, boʻyi 40— 250 sm. Barglari yirik, uzun bandli, keng tuxumsimon, sertuk, navbatma-navbat joylashgan. Gullari bandi uzun, sariq yoki toʻq sariq, yirik, besh boʻlakli. Mevasi qobirgʻali qoʻngʻirsariq koʻsakcha. Oʻq ildizi 1 m dan koʻproq chu-qurlikka yetadi, yon ildizlari bor. Iyul—sentabrda gullab, avg .—okt.da me-valaydi. Bir tupi 1800 gacha urugʻ beradi. Issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik. Maysalari aprel
da paydo boʻladi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik yerlarida tarqalgan. Gʻoʻza va boshqa chopiq qilinadigan ekinzorlar, bedapoyalar, shuningdek, yoʻl yoqalari, bogʻlarda oʻsadi.