Beyza, Sharqiy Afrika oriks i (Oryx beisa) — juft tuyoqlilar turkumi quvushshoxlilar oilasiga mansub hayvon. Shimoli-sharqiy Afrikaning ochiq yerlarida (Somali yarim o., Sudan, Efiopiya, Keniya, Uganda, Tanzaniya) yashaydi. Beyzaning erkagida ham, urgʻochisida ham orqaga qarab toʻgʻri oʻsgan shoxi (uzunligi 1 m gacha) boshqa kiyiklardan farq qiladi. Yungi asosan qizgʻish-qoʻngʻir, tanasining yon tomonlari, boshi va oyoklarida qora yoʻllari bor. Beyza juft-juft boʻlib yuradi. Afrikada Beyzaga oʻxshash, lekin shoxining tuzilishi, rangi bilan undan farq qiladigan oriks uroʻgʻiga mansub quvushshoxlilarning bir necha turi tarqalgan.