dcsimg
Kiraz eriği resmi
Life » » Archaeplastida » » Angiosperms » » Rosaceae »

Kiraz Eriği

Prunus cerasifera Ehrh.

Koʻksulton ( Özbekçe )

wikipedia emerging languages tarafından sağlandı

Koʻksulton (Prunus nachichevanica S. Kudr.) — raʼnoguldoshlarga mansub mevali daraxt, xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan ertapishar olxoʻri navlaridan biri. Koʻchati oʻtqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, daraxti balandligi 5 m cha, shoxshabbasi yumaloq-oval. Barglari mayda. Apr. boshlarida gullab, iyunda pishadi. Mevasi 22—26 g , eti sargʻish, nordonchuchuk; danagi etidan yaxshi ajralmaydi; 10 yillik daraxti 100 kg gacha hosil beradi. Mevasi yaxshi saqlanmaydi. Oʻzbekistonning hamma hududlarida oʻstiriladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

lisans
cc-by-sa-3.0
telif hakkı
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Koʻksulton: Brief Summary ( Özbekçe )

wikipedia emerging languages tarafından sağlandı

Koʻksulton (Prunus nachichevanica S. Kudr.) — raʼnoguldoshlarga mansub mevali daraxt, xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan ertapishar olxoʻri navlaridan biri. Koʻchati oʻtqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, daraxti balandligi 5 m cha, shoxshabbasi yumaloq-oval. Barglari mayda. Apr. boshlarida gullab, iyunda pishadi. Mevasi 22—26 g , eti sargʻish, nordonchuchuk; danagi etidan yaxshi ajralmaydi; 10 yillik daraxti 100 kg gacha hosil beradi. Mevasi yaxshi saqlanmaydi. Oʻzbekistonning hamma hududlarida oʻstiriladi.

lisans
cc-by-sa-3.0
telif hakkı
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Togʻolcha ( Özbekçe )

wikipedia emerging languages tarafından sağlandı
 src=
Prunus cerasifera, var. 'Mykla'

Togʻolcha (Prunus divaricata) — raʼnodoshlar oilasi olxurilar turkumiga mansub mevali daraxt. Bolqon mamlakatlari, Kichik Osiyo, Eron, Oʻrta Osiyo va Kavkazda yovvoyi va madaniy holda tarkalgan. Boʻyi 3–10 m, sershox. Gullari oq, yakkayakka joylashgan. Mart—apr. oylarida gullaydi, chetdan changlanadi. Mevasi iyul— avg .da pishadi, ogʻirligi 2—12 g , dumaloq, choʻzinchoq yoki yassi, sariq, qizil, binafsha rang yoxud qora. Koʻchati bxbm, 6×8 m sxemada oʻtqaziladi. 2—3yili hosilga kiradi. Daraxtidan 300 kg gacha hosil olinadi. Tarkibida 10% gacha kand, 1,5—4% olma va limon kislotalari, 0,3—1,5% pektin, 16 mg% S vitamini va 2,8 mg% provitamin A bor. T., asosan, urugʻidan koʻpaytiriladi. Shaftoli, olxoʻri, oʻrik uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Mevasi xoʻlligicha va konserva (kompot, qiyom, sharbat va boshqalar) holida isteʼmol qilinadi. T. yer tanlamaydi. Sovukka va shoʻrga chidamli. Zararkunandalari: olma qandalasi, kora va sarik tillaqoʻngʻizlar; kasalliklari: klyasterosporioz va boshqa

lisans
cc-by-sa-3.0
telif hakkı
Vikipediya mualliflari va muharrirlari