dcsimg

Yettiboʻgʻim ( usbech )

fornì da wikipedia emerging languages

Yettiboʻgʻim (Aegilops cylindrica) — bugʻdoydoshlar (boshokdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi tuksiz, boʻgʻimlaridan egilgan. Bargi dagʻal, tuksiz yoki siyrak tukli. Boshogʻi silindrsimon, uz. 7—12 sm. Boshokchalari 7—12 ta, boshoqpoyaga bittadan joylashgan. May—iyunda gullab, urug beradi. Oʻzbekistonning choʻl va adir zonalaridagi boʻz tuproqda koʻp oʻsadi, ekin maidonlarining chekkalarida ham uchraydi. Boshoqlaguncha mollar yaxshi yeydi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
licensa
cc-by-sa-3.0
drit d'autor
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Yettiboʻgʻim: Brief Summary ( usbech )

fornì da wikipedia emerging languages

Yettiboʻgʻim (Aegilops cylindrica) — bugʻdoydoshlar (boshokdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi tuksiz, boʻgʻimlaridan egilgan. Bargi dagʻal, tuksiz yoki siyrak tukli. Boshogʻi silindrsimon, uz. 7—12 sm. Boshokchalari 7—12 ta, boshoqpoyaga bittadan joylashgan. May—iyunda gullab, urug beradi. Oʻzbekistonning choʻl va adir zonalaridagi boʻz tuproqda koʻp oʻsadi, ekin maidonlarining chekkalarida ham uchraydi. Boshoqlaguncha mollar yaxshi yeydi.

licensa
cc-by-sa-3.0
drit d'autor
Vikipediya mualliflari va muharrirlari