dcsimg

Midiyalar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Midiyalar (Mytiis) — dengiz ikki pallali mollyuskalari urugʻi. Chigʻanogʻining uz. 20 sm gacha, shakli ovalponasimon, silliq, qoramtirbinafsha yoki sargʻish-yashil tusda. Chigʻanogʻining ichki yuzasi yaltiroq sadaf qavat bilan qoplangan. Voyaga yetgan davrida harakatlanmaydi. Oyogʻidagi maxsus bisus iplari yordamida suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi. 3 turi maʼlum. Deyarli barcha moʻʼtadil suvlarda tarqalgan, bir qancha joylarda midiya banklari (katta toʻplamlari) hosil qiladi. Juda serpusht, 5—12 mln. (baʼzan 25 mln.) gacha tuxum qoʻyadi. Mayda plankton va detrit bilan oziklanadi. M. suvni faol filtrlab, sanitarlik vazifasini bajaradi. Ular tanasida ogʻir metallar va yuksak hayvonlar uchun xavfli mikroorganizmlarni toʻplaydi. Ayrim turlari marvarid hosil qilishi mumkin. M. dengiz hayvonlari, asosan, baliklar uchun oziq. Yiliga 0,6 mln. t ga yaqin ovlanadi. Sunʼiy boqiladi. Dengiz akvakulturasining asosiy qismini tashkil etadi. M. goʻshti (yopuvchi muskullari) isteʼmol qilinadi; ichki organlari chorva mollari uchun qoʻshimcha oziq (yem uchun) (qarang Ikki pallalilar).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Midiyalar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages
 src= Mytilus edulis

Midiyalar (Mytiis) — dengiz ikki pallali mollyuskalari urugʻi. Chigʻanogʻining uz. 20 sm gacha, shakli ovalponasimon, silliq, qoramtirbinafsha yoki sargʻish-yashil tusda. Chigʻanogʻining ichki yuzasi yaltiroq sadaf qavat bilan qoplangan. Voyaga yetgan davrida harakatlanmaydi. Oyogʻidagi maxsus bisus iplari yordamida suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi. 3 turi maʼlum. Deyarli barcha moʻʼtadil suvlarda tarqalgan, bir qancha joylarda midiya banklari (katta toʻplamlari) hosil qiladi. Juda serpusht, 5—12 mln. (baʼzan 25 mln.) gacha tuxum qoʻyadi. Mayda plankton va detrit bilan oziklanadi. M. suvni faol filtrlab, sanitarlik vazifasini bajaradi. Ular tanasida ogʻir metallar va yuksak hayvonlar uchun xavfli mikroorganizmlarni toʻplaydi. Ayrim turlari marvarid hosil qilishi mumkin. M. dengiz hayvonlari, asosan, baliklar uchun oziq. Yiliga 0,6 mln. t ga yaqin ovlanadi. Sunʼiy boqiladi. Dengiz akvakulturasining asosiy qismini tashkil etadi. M. goʻshti (yopuvchi muskullari) isteʼmol qilinadi; ichki organlari chorva mollari uchun qoʻshimcha oziq (yem uchun) (qarang Ikki pallalilar).

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari