dcsimg

Tarvuz ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Tarvuz (Citrullus) — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻt oʻsimliklar turkumi; poliz ekini. Vatani — Afrika (Misr). Hindistonda 3 ming yildan beri ekiladi. Hindiston, Amerika, Jan. Yevropa, Xitoy, Turkiya, Eron, Yaponiya va Avstraliyada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda T. ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida krvundan keyin 2 oʻrinda turadi. Madaniy T.ning xoʻraki (S. aedulis Pand.), xashaki (S. colocynthoides Pand.) turlari, yovvoyi T.ning mevasi achchiq 4 turi maʼlum. Xoʻraki T.ning dunyo boʻyicha maʼlum boʻlgan barcha navlari 10 ta ekologikgeografik guruhga boʻlinadi. Oʻrta Osiyo tarvuzi alohida ekologikgeografik guruhni tashkil etadi. Palagi 4–5 m gacha boradi. Ildizi chuqur joylashgan oʻq ildiz, barg qoʻltiklaridan oʻsib chiqqan jingalaklari yordamida ilashib, chirmashib usadi. Barg bandi uzun, barglari bir necha boʻlakchalardan iborat, rangi och yashil, oq va uzun tuklar bilan qoplangan. Otalik va onalik gullari alohidaalohida joylashgan. Asosan chetdan changlanadi. T. mevasining shakli yumaloq, ovalsimon, silindrsimon. Poʻsti qalin (1,5 sm), oʻrtacha (1,1,5 sm), yupqa (1 yemdan kam), qattiq, eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, baʼzan tolali. Etining rangi qizil, ayrim navlari malinasimon. Urugʻi, oq sariq, qora, qizil, kulrang . 1000 dona urugʻi vazni 40—120 g . Mevasi tarkibida 8,0—13,5% quruq modda, 5,8—11% qand (fruktoza; xashaki tarvuzda 3,2—5% quruq modda, 1,2—3% qand, 1 kg ida 0,09 ozuqa birligi), 90% dan koʻproq suv, turli vitaminlar (Vr V2 RR) va mineral tuzlar, urugʻida 25—30% moy, fitin kislotasi bor. T. issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik, qurgʻoqchilikka chidamli, urugʻi tuproq harorati 14—16° da una boshlaydi (qulay sharoit 20°). Ekilgandan keyin 5—6 kunda unib chiqadi. T.ning ertapishar, oʻrtapishar va kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 80— 90, oʻrtapisharlari 90—100 va kechpisharlari 110—120 kunda pishadi. T. yangiligida isteʼmol qilinadi, sanoatda qayta ishlash uchun xom ashyo, xashaki T. chorvachilikda shirali ozuqa sifatida foydalaniladi. Tabobatda kamkrnlik, jigar, buyrak, yuraktomir kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi. Shinni, murabbolar tayyorlanadi. T. pushta kengligi 280—360 sm qilib olingan joʻyakning ikki tomoniga tup orasi 70 sm qilib 4—6 sm chuqurlikda ekiladi. Uyalarga 2—3 kun ivitilgan urugʻlar 3— 4 tadan tashlanadi, chopik, paytida yagana qilib bittadan oʻsimlik qildiriladi. Oʻsuv davrida kator oralari 2—3 marta yumshatiladi (chopiq qilinadi). Tuproq sharoitiga qarab 6—8 marta suv beriladi. T. lalmikor yerlarda gʻam yaxshi usadi. Hosildorligi 200—600 s/ga. Oʻzbekistonda T.ning 15 dan ortiq navlari rnlashtirilib, davlat reyestriga kiritilgan. Bulardan eng kup ekiladigan navlari: Guliston, Dilnoz, Korol Kuba 92, Qoʻziboy, Marmar tarvuz, Manzur, Olmos, Surxon tongi, Oʻzbekiston, Oʻrinboy, Xait qora va boshqa b. 2000y.lardan boshlab Gollandiya seleksiyasida chikarilgan ertapishar Krisbi, Trofi, Granit 1avlodi duragaylari ekilmoqda. Erta hosil olish uchun issikxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida koʻchatidan ekib yetishtirish mumkin.

Zararkunandalari: oʻrgimchakkana, poliz shirasi, shum/iya, koʻk qurt tunlami, oq chivin.

Kasalliklari: fuzarioz, bakterioz.

Ad: Ostonaqulov T.E., Sabzavot ekinlari biologiyasi va oʻstirish texnologiyasi, T., 1997; Pivovarov V.F., Aromov M.X.,Turdikulov B.X. i dr., Ovoshnie i baxchivie kulturi v Uzbekistane, M., 2001.

Rafiqjon Hakimov, Rafiqa Gʻanixoʻjayeva.

Mabalar

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Tarvuz: Brief Summary ( Uzbek )