Chiporqanotlilar (Zygaenidae yoki Anthroceridae) — kapalaklar oilasi. 1200 ga yaqin turi maʼlum. Qanotlari yoyilganda 5 sm cha. Oldingisi, odatda, yaltiroq, koʻk, yashil yoki qora. Kizil, sariq, oq dogʻlari bor. Baʼzi Ch. rangi sidirgʻa bir xilda. Lichinkasi oʻsimlik (asosan, dukkakdoshlar) bargi bilan oziqlanadi. Pilla ichida gʻumbakka aylanib, qishlaydi. Yer yuzida, ayniqsa, tropiklarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 10 ga yaqin turi uchraydi. Ayrim turlari madaniy oʻsimliklar zararkunandasi. Tok chiporqanotlisi tok bargi va kurtagini zararlaydi.