Yetim tobulgʻi (Spiraea pilosa) -raʼnodoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 30—70 sm. Barglari oddiy, teskari tuxumsimon, baʼzan rombsimon, boʻyi 4—20 mm, eni 3—18 mm, tukli. Gullari soyabonsimon yoki qalqonsimon toʻp gul da joylashgan. Iyun — iyulda gullaydi. Mevasi avg .da yetiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, archazor va yongʻoqzorlarda, shagʻalli ochiq yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda Toshkent viloyatining togʻli tumanlarida tarqalgan. Ye. t. shirali va manzarali oʻsimlik hisoblanadi. [1]
Yetim tobulgʻi (Spiraea pilosa) -raʼnodoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 30—70 sm. Barglari oddiy, teskari tuxumsimon, baʼzan rombsimon, boʻyi 4—20 mm, eni 3—18 mm, tukli. Gullari soyabonsimon yoki qalqonsimon toʻp gul da joylashgan. Iyun — iyulda gullaydi. Mevasi avg .da yetiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, archazor va yongʻoqzorlarda, shagʻalli ochiq yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda Toshkent viloyatining togʻli tumanlarida tarqalgan. Ye. t. shirali va manzarali oʻsimlik hisoblanadi.