dcsimg
歐洲酸櫻桃的圖片
Life » » Archaeplastida » » 木蘭綱 » » 蔷薇科 »

歐洲酸櫻桃

Prunus cerasus L.

Shpanka ( 烏茲別克語 )

由wikipedia emerging languages提供
Andrena (female) - Prunus cerasus - Keila.jpg

Shpanka (Сегаяив уи1§ап8) — raʼnodoshlar oilasi olcha turkumiga mansub oddiy olcha (olivoli) navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan chiqarilgan. Oʻzbekistonda, shuningdek, Moldaviya, Ukraina, Gruziyada tarqalgan. Daraxti kuchli oʻsadi, shoxshabbasi keng . Barglari ellipssimon, gullarining rangi oq, xushboʻy, mart oxiri — aprel boshlarida gullaydi, chetdan changlanadi. Mevasi yirik (5 g), dumaloq, yaltiroq, toʻqqizil , poʻsti yupqa, eti mayin, sersuv, shirinnordon. Tarkibida S, V2, V9 vitaminlari, qand, oshlovchi moddalar bor.

May — iyunda pishib yetiladi. Ekilganidan keyin 3—4yili hosilga kiradi. 7—8 yoshida har bir daraxti 25— 30 kg gacha hosil beradi. Sh., asosan, yovvoyi olchaga payvand qilinib koʻpaytiriladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, konservalar — murabbo, kompot, sharbat va boshqalar tayyorlanadi. Kasalliklarga va zararkunandalarga hamda sovuqqa chidamli. Sh. yetarli darajada sugʻorilmaganda qalqondorlardan zararlanishi mumkin. Uzbekistonning barcha viloyatlarida oʻstiriladi.

許可
cc-by-sa-3.0
版權
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
原始內容
參訪來源
合作夥伴網站
wikipedia emerging languages