dcsimg

Grenlandiya kiti ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Grenlandiya kiti, qutb kiti (Balaena musticetus) — sut emizuvchilar sinfining tishsiz kitlar kenja turkumiga mansub hayvon. Uz. 21 m gacha, boshi juda katta, ogʻiz boʻshligʻida tanglaydan oʻsib chiqqan 3—4 m keladigan 300—400 tacha shoxsimon plastinkalar — kit "moʻylov"lari bor. Orqa suzgichi boʻlmaydi. Usti va biqinlari kulrang yoki qora, tomogʻi va baʼzan qorni oqish. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. G. k., asosan, Atlantika okeani va Tinch okeanning shim. r-nlarida tarqalgan, hozir Chuqot va Bering dengizlarida kamdan-kam uchraydi. Kuzda urchib, bahorda (ikki yilda bir marta) uz. 5 m gacha boʻlgan 1 ta bola tugʻadi. 1946 y.dan buyen ovlash man etilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Grenlandiya kiti: Brief Summary ( Uzbek )