dcsimg

Askaridalar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages
Ascaris lumbricoides.jpeg

Askaridalar (Ascarididae) – Toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. 9 urugʻni oʻz ichiga oladi. Tipik urugʻi (Ascaris)ra18 turi kiradi. Odatda odam askaridasi (A. Lumbricoides) va choʻchqa askaridasi (Askaridalar suyam) koʻp uchraydi. Odam askaridasi erkagining uzunligi 15 – 25 sm, urgʻochisi 25 – 40 sm. Bir sutkada ichakka 200 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Tuxumlari axlat bilan tashqi muhit (tuproq yoki suv)ga tushadi. U yerda yetilgan tuxum sabzavot va mevalar orqali yana ichakka tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak vorsinkalari orqali qonga, qon orqali oʻpkaga, yoʻtal tutganda u yerdan xalqumga chiqadi va yana yutilib ichakka tushadi, 2 – 2,5 oyda voyaga yetadi. Urgʻochi askarida har 2 – 2,5 oyda tuxum qoʻya boshlaydi. Askaridalar askaridoz deb ataladigan xavfli kasallikni paydo qiladi. Ichakdagi askaridani tushirish maqsadida surgi dorilar va antigelmintlar ishlatiladi. Askarida tuxumini yuqtirmaslik uchun sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim.

Askaridalar parrandalar (tovuq, kurka, kaptar va boshqalar)da ham uchraydi. Bunda kasallangan tovuklarning tuxum qilishi kamayadi, oʻsishi sekinlashadi. Davosi: don bilan piperazin tuzi qoʻshib beriladi, nilverm, panakur va boshqa preparatlarqoʻllaniladi.

Oldini olish: kasallik tarqalgan xoʻjaliklarda degelmintizatsiya oʻtkaziladi (oyda bir marta), goʻng biotermik zararsizlantiriladi va boshqa chora-tadbirlar qoʻllaniladi.[1]

Manbalar

  1. "Askaridalar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar


license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Askaridalar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages
Ascaris lumbricoides.jpeg

Askaridalar (Ascarididae) – Toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. 9 urugʻni oʻz ichiga oladi. Tipik urugʻi (Ascaris)ra18 turi kiradi. Odatda odam askaridasi (A. Lumbricoides) va choʻchqa askaridasi (Askaridalar suyam) koʻp uchraydi. Odam askaridasi erkagining uzunligi 15 – 25 sm, urgʻochisi 25 – 40 sm. Bir sutkada ichakka 200 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Tuxumlari axlat bilan tashqi muhit (tuproq yoki suv)ga tushadi. U yerda yetilgan tuxum sabzavot va mevalar orqali yana ichakka tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak vorsinkalari orqali qonga, qon orqali oʻpkaga, yoʻtal tutganda u yerdan xalqumga chiqadi va yana yutilib ichakka tushadi, 2 – 2,5 oyda voyaga yetadi. Urgʻochi askarida har 2 – 2,5 oyda tuxum qoʻya boshlaydi. Askaridalar askaridoz deb ataladigan xavfli kasallikni paydo qiladi. Ichakdagi askaridani tushirish maqsadida surgi dorilar va antigelmintlar ishlatiladi. Askarida tuxumini yuqtirmaslik uchun sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim.

Askaridalar parrandalar (tovuq, kurka, kaptar va boshqalar)da ham uchraydi. Bunda kasallangan tovuklarning tuxum qilishi kamayadi, oʻsishi sekinlashadi. Davosi: don bilan piperazin tuzi qoʻshib beriladi, nilverm, panakur va boshqa preparatlarqoʻllaniladi.

Oldini olish: kasallik tarqalgan xoʻjaliklarda degelmintizatsiya oʻtkaziladi (oyda bir marta), goʻng biotermik zararsizlantiriladi va boshqa chora-tadbirlar qoʻllaniladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari