dcsimg

Qoqi (oʻsimlik) ( узбечки )

добавил wikipedia emerging languages

Qoqi — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik sut shirali oʻsimlik turkumi. Boʻyi 10—40 sm, barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, lansetsimon, koʻpincha toʻpbarg hosil qiladi. Gullari sariq, savatchaga yigʻilgan. Mevasi pistacha. Apreldan iyulgacha gullab, meva tugadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tarqalgan. Yoʻl yoqalari, ariq boʻylari, bogʻlar, togʻli joylar va dalalarda uchraydi. Togʻ qoqi, dorivor qoqi (momaqaymoq), shoxsiz qoqi, kallakdor qoqi va boshqa turlari bor. Ildizida inulin toʻplanadi. Barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Q.ning ildizidan tayyorlangan ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi hamda oʻt haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

лиценца
cc-by-sa-3.0
авторски права
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
изворно
посети извор
соработничко мреж. место
wikipedia emerging languages