dcsimg

Ituzumdoshlar ( узбечки )

добавил wikipedia emerging languages

Ituzumdoshlar (lotincha: Solanaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining tropik mintaqalarda, xususan, Janubiy va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, baqlajon, qalampir, paqpaq va goji oqchingʻil kabi turkumlari katta ahamiyatga ega. Ituzumdoshlarga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki, maxorka va boshqa ekinlar kiradi. Koʻpchilik ituzumdoshlar — belladonna, mehrigiyoh, skopoliya, mingdevona, bangidevona, fisoxlaina va boshqa tarkibida alkaloidlar bor. Baʼzi ituzumdoshlar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.[1][2]

Rasmlar

Gullar

Mevalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4
лиценца
cc-by-sa-3.0
авторски права
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
изворно
посети извор
соработничко мреж. место
wikipedia emerging languages

Ituzumdoshlar: Brief Summary ( узбечки )

добавил wikipedia emerging languages

Ituzumdoshlar (lotincha: Solanaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining tropik mintaqalarda, xususan, Janubiy va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, baqlajon, qalampir, paqpaq va goji oqchingʻil kabi turkumlari katta ahamiyatga ega. Ituzumdoshlarga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki, maxorka va boshqa ekinlar kiradi. Koʻpchilik ituzumdoshlar — belladonna, mehrigiyoh, skopoliya, mingdevona, bangidevona, fisoxlaina va boshqa tarkibida alkaloidlar bor. Baʼzi ituzumdoshlar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

лиценца
cc-by-sa-3.0
авторски права
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
изворно
посети извор
соработничко мреж. место
wikipedia emerging languages