dcsimg

Beda urugʻxoʻri ( ouzbek )

fourni par wikipedia emerging languages

BEDA URUGʻXOʻRI (Bruchophagus roddi Guss) — pardaqanotlilar turkumining yoʻgʻon oyoqlilar oilasiga mansub zararkunanda hasharot. Voyaga yetganining boʻyi 1,3 — 2,1 mm, tuyey kora, boldiri va panjalari qoʻngʻir-sargʻish, koʻkrak oldi, yelkasi va qalqonchasida chuqurchalar bor, orqasi bukri, qorni kalta, tuxumsimon, silliq va yaltiroq. Tu-xumi oq, silliq, tiniq, bandchasi bor, kattaligi 0,2 mm cha. Lichinkasi jigar-rang , oyoqsiz, semiz, bir uchi sal egilib turadi; boshi botiq, jagʻi uchburchaktishli. Yetuk lichinkaning kattaligi 1,5 – 2 mm. Beda urugʻi va dukkagida, quruq beda va toʻponida, yovvoyi dukkakli oʻsimliklarda qishlaydi. Erta bahorda lichinkalar gʻumbakka aylanadi, gʻumbagi 1,9 mm cha, dastlab oq boʻladi, keyinchalik qorayadi, kun isishi bilan yetuk hasharotga aylanib, ucha boshlaydi. Urugʻ va dukkakni teshib ketadi, ana shu belgiga qarab, bedaga Beda urugʻxoʻri tushganligini aniqlash mumkin. Tuxumini endi pishib kelayotgan beda urugʻlari ichiga qoʻyadi. Rivojlanish davri 24 — 28 kun. Yetilgan Beda urugʻxoʻri gul shirasi (nektari) bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyoda bir yilda Beda urugʻxoʻri 3 — 4 av-lod beradi.

Kurash choralari: beda urugʻini yaxshilab tozalash, dorilash va ekishdan 45 kun oldin 1 t uruqqa 3 kg naftalin sepib, urugʻni qoplarda saqlash kerak; ekish oldidan 15% li namakobga 2 — 3 minut solib qoʻyilsa, zararlangan urugʻlar namakob betiga qalqib chiqadi, sogʻ-lom urugʻlar ajratib olinib, yuviladi va soya joyda quritiladi. Bedani yanchish va saralash vaqtida hosil boʻlgan chiqitlar hamda puch urugʻlar mollarga beriladi. Bedaga Beda urugʻxoʻri ga qarshi ikki muddatda: birinchi — oʻsimlikning shona-lash, ikkinchi — urugʻning sut pi-shiqligi davrida nurell-D, 55% e.k. (0,3 l/ga) preparati purkaladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

licence
cc-by-sa-3.0
droit d’auteur
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Beda urugʻxoʻri: Brief Summary ( ouzbek )

Bruchophagus roddi ( néerlandais ; flamand )

fourni par wikipedia NL

Insecten

Bruchophagus roddi is een vliesvleugelig insect uit de familie Eurytomidae. De wetenschappelijke naam is voor het eerst geldig gepubliceerd in 1933 door Gussakovskiy.

Bronnen, noten en/of referenties
Geplaatst op:
12-04-2013
Dit artikel is een beginnetje over biologie. U wordt uitgenodigd om op bewerken te klikken om uw kennis aan dit artikel toe te voegen. Beginnetje
licence
cc-by-sa-3.0
droit d’auteur
Wikipedia-auteurs en -editors
original
visiter la source
site partenaire
wikipedia NL