dcsimg

Quyonsuyak ( uzbekki )

tarjonnut wikipedia emerging languages

Quyonsuyakdukkakdoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxt. Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoda, Gʻarbiy Sibirning jan.-gʻarbida va Xitoyda tarqalgan. Oʻzbekistonda Qizilqum choʻlida, Buxoro viloyatida, Qoraqalpogʻistonning qumli yerlarida oʻsadi. Ildizi oʻqildiz. Boʻyi 0,5–3 m. Daraxtining boʻyi 8 m ga yetadi. Novdalari ingichka, osilib turadi. Barglari yaltiroq-kumushrang , mayin, uz. 2 — 3 sm. Gullari havorang , xushboʻy, shingillarga yigʻilgan. mevasi 2—3 dukkak. Yogʻochidan har xil buyumlar tayyorlanadi, ildizidan boʻyoq olinadi va koʻchma qumlarni mustahkamlash maqsadida ekiladi. Oʻtin sifatida foydalaniladi. Ildizidan koʻpayadi. 25—30 yil yashaydi.

lisenssi
cc-by-sa-3.0
tekijänoikeus
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
alkuperäinen
käy lähteessä
kumppanisivusto
wikipedia emerging languages