dcsimg

Kamxastak ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Kamxastak (Cerasus mahaleb) — raʼnodoshlar oilasiga mansub keng shoxshabbali daraxt; manzarali oʻsimlik. Boʻyi 10—12 m. Tana diametri 20—30 sm, kulrang yoki toʻq kulrang . Bargi dumaloq, tuxumsimon, bandli, qalin, uz. 6 sm, chetlari arra tishli. Guli 2 jinsli, xushboʻy, gultoji yashil, oqish-qoʻngʻir. Toʻpguli shingilsimon. Mevasi mayda, qora, qizil, yashil, oqish-qoʻngʻir-sariq, sershira, nordon. Apr.da gullab iyul — avg .da meva beradi. Toshkent, Samarkand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati togʻlari hamda soy boʻylarida oʻsadi. K.ka payvand qilingan gilos va olvolilar tez oʻsadi, mevasi erta pishadi va qurgʻoqchilikka chidamli boʻladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Kamxastak: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Kamxastak (Cerasus mahaleb) — raʼnodoshlar oilasiga mansub keng shoxshabbali daraxt; manzarali oʻsimlik. Boʻyi 10—12 m. Tana diametri 20—30 sm, kulrang yoki toʻq kulrang . Bargi dumaloq, tuxumsimon, bandli, qalin, uz. 6 sm, chetlari arra tishli. Guli 2 jinsli, xushboʻy, gultoji yashil, oqish-qoʻngʻir. Toʻpguli shingilsimon. Mevasi mayda, qora, qizil, yashil, oqish-qoʻngʻir-sariq, sershira, nordon. Apr.da gullab iyul — avg .da meva beradi. Toshkent, Samarkand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati togʻlari hamda soy boʻylarida oʻsadi. K.ka payvand qilingan gilos va olvolilar tez oʻsadi, mevasi erta pishadi va qurgʻoqchilikka chidamli boʻladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari