dcsimg

Infuzoriyalar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Infuzoriyalar (Infuzoria, Ciliophora) — yuksak rivojlangan bir hujayrali hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi 12 mkm dan 3 mm gacha. Tashqi koʻrinishi har xil; erkin va oʻtroq, yakka va koloniya boʻlib yashovchi turlari bor. Harakatlanish organoidlari tanasini qoplab turuvchi kipriklardan iborat. Tanasi yupqa va pishiq pellikula qobiq bilan qoplangan. Yadrosi 2 xil: bitta katta yadro (makronukleus) va bitta yoki bir necha kichik yadro (mikronukleus)dan iborat. Katta yadro loviyasimon, zanjirsimon, taqasimon yoki boshqa shaklda, kichik yadro dumaloq boʻladi. I. hazm qilish va ayirish organoidlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan boshqa bir hujayralilardan farq qiladi. Erkin yashovchi I. da ogʻizoldi chuqurchasi, ogʻiz, halqum, hazm qilish vakuollari va chiqarish teshigi boʻladi. Qisqaruvchan vakuollari 2 ta, murakkab tuzilgan boʻlib, sitoplazmadan suyuklik yigʻuvchi uzun naychalar, su-yukdik saqlovchi rezervuar va chiqarish naychasidan iborat. I. ning ektoplaz-masida himoya vazifasini bajaruvchi ipsimon otiluvchi tanachalar (trixo-sistalar) joylashgan. Parazit I. ning ogʻiz teshigi va qisqaruvchan vakuollari bulmaydi. Bakteriyalar va suv utlari b-n, ogʻizsiz parazit turlari fagotsitoz usulda oziqlanadi. I. ikkiga boʻlinish, ketma-ket boʻlinish, koʻp marta boʻlinish, kurtaklanish orqali koʻpayadi. I. da jinsiy jarayon ikkita infuzoriya oʻrtasida irsiy belgilarning almashinuvi (konʼyugatsiya) orqali sodir boʻladi. 8000 ga yaqin turi maʼlum. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda uch-raydi. 2 sinf (kiprikli va soʻruvchi infuzoriyalar) ga boʻlinadi. Ayrim infuzoriyalar hayvonlar (halqali chu-valchanglar, mollyuskalar, sut emizuvchilar) oshqozonida simbioz yashaydi. Kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar osh-qozonida ofrioskoleks infuzoriyasi yashaydi. Bir qancha I. parazitlik qiladi. Baliqlarda ixtioftirius, uy hayvonlari va odamlarda balantidiy parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Ayrim infuzoriyalar (mas, tufelka) lab. hayvonlari hisoblanadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Infuzoriyalar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Infuzoriyalar (Infuzoria, Ciliophora) — yuksak rivojlangan bir hujayrali hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi 12 mkm dan 3 mm gacha. Tashqi koʻrinishi har xil; erkin va oʻtroq, yakka va koloniya boʻlib yashovchi turlari bor. Harakatlanish organoidlari tanasini qoplab turuvchi kipriklardan iborat. Tanasi yupqa va pishiq pellikula qobiq bilan qoplangan. Yadrosi 2 xil: bitta katta yadro (makronukleus) va bitta yoki bir necha kichik yadro (mikronukleus)dan iborat. Katta yadro loviyasimon, zanjirsimon, taqasimon yoki boshqa shaklda, kichik yadro dumaloq boʻladi. I. hazm qilish va ayirish organoidlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan boshqa bir hujayralilardan farq qiladi. Erkin yashovchi I. da ogʻizoldi chuqurchasi, ogʻiz, halqum, hazm qilish vakuollari va chiqarish teshigi boʻladi. Qisqaruvchan vakuollari 2 ta, murakkab tuzilgan boʻlib, sitoplazmadan suyuklik yigʻuvchi uzun naychalar, su-yukdik saqlovchi rezervuar va chiqarish naychasidan iborat. I. ning ektoplaz-masida himoya vazifasini bajaruvchi ipsimon otiluvchi tanachalar (trixo-sistalar) joylashgan. Parazit I. ning ogʻiz teshigi va qisqaruvchan vakuollari bulmaydi. Bakteriyalar va suv utlari b-n, ogʻizsiz parazit turlari fagotsitoz usulda oziqlanadi. I. ikkiga boʻlinish, ketma-ket boʻlinish, koʻp marta boʻlinish, kurtaklanish orqali koʻpayadi. I. da jinsiy jarayon ikkita infuzoriya oʻrtasida irsiy belgilarning almashinuvi (konʼyugatsiya) orqali sodir boʻladi. 8000 ga yaqin turi maʼlum. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda uch-raydi. 2 sinf (kiprikli va soʻruvchi infuzoriyalar) ga boʻlinadi. Ayrim infuzoriyalar hayvonlar (halqali chu-valchanglar, mollyuskalar, sut emizuvchilar) oshqozonida simbioz yashaydi. Kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar osh-qozonida ofrioskoleks infuzoriyasi yashaydi. Bir qancha I. parazitlik qiladi. Baliqlarda ixtioftirius, uy hayvonlari va odamlarda balantidiy parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Ayrim infuzoriyalar (mas, tufelka) lab. hayvonlari hisoblanadi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari