dcsimg

Lola ( الأوزبكية )

المقدمة من wikipedia emerging languages

Lola (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin, jumladan, Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. L.lar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda L. koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida L.ning yovvoyi 25 turi usadi. L.ning qizil L (T. greigii) va targil L. (T. fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa L.lardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hozirgi vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang L.ning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha. Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uz. 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3— 6 sm. L., asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sentabr-okt. oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.

Oʻrta Osiyoda tabiiy L.lar Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan to Pomir-Olay hamda Tyanshan togʻlari mintaqalardagi turli iqlim va tuproq sharoitida oʻsadi. Dunyoga mashhur eng nafis madaniy L.larning (Gollandiya L.lari) aksariyat qismi Oʻrta Osiyo L.lari zaminida yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida L. oʻstirish hamda yovvoyi va madaniy turlaridan yangi navlar yetishtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Oʻzbek milliy urf-odatlarida L.lar. qadimdan eʼzozlanadi (qarangLola sayli).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

ترخيص
cc-by-sa-3.0
حقوق النشر
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
النص الأصلي
زيارة المصدر
موقع الشريك
wikipedia emerging languages

Lola: Brief Summary ( الأوزبكية )

المقدمة من wikipedia emerging languages

Lola (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin, jumladan, Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. L.lar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda L. koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida L.ning yovvoyi 25 turi usadi. L.ning qizil L (T. greigii) va targil L. (T. fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa L.lardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hozirgi vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang L.ning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha. Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uz. 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3— 6 sm. L., asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sentabr-okt. oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.

Oʻrta Osiyoda tabiiy L.lar Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan to Pomir-Olay hamda Tyanshan togʻlari mintaqalardagi turli iqlim va tuproq sharoitida oʻsadi. Dunyoga mashhur eng nafis madaniy L.larning (Gollandiya L.lari) aksariyat qismi Oʻrta Osiyo L.lari zaminida yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida L. oʻstirish hamda yovvoyi va madaniy turlaridan yangi navlar yetishtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Oʻzbek milliy urf-odatlarida L.lar. qadimdan eʼzozlanadi (qarangLola sayli).

ترخيص
cc-by-sa-3.0
حقوق النشر
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
النص الأصلي
زيارة المصدر
موقع الشريك
wikipedia emerging languages