Biyurgʻun (Anabasis salsa) — shoʻradoshlar oilasiga mansub past boʻyli (5—25 sm), sershox yarim buta. Barglari mayda (2–5 mm), qalin. Asosan, taqir, shoʻr va shoʻrxok choʻllarda oʻsadi, iyulda gullaydi, urugʻi sentabrda pishadi. B.da 1,22% cha alkaloid, 7—9% oksalat kislota, 1,38% sirka kislota, ishqor moddalari bor. Kech kuz va qish oylarida tuya, qoʻy, echki va ot uchun yaxshi ozuqa boʻladi.