dcsimg

Pardaqanotlilar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Pardaqanotlilar (Hymenoptera) — hasharotlar turkumi. Eng xilma-xil hasharotlar turkumlaridan biri (har xil maʼlumotlarga binoan 150 mingdan 300 ming gacha turi bor). Keng tarqalgan. Uz. 0,2 mm dan (trixogrammalar eng mayda xasharot) 4—6 sm gacha (shoxdumlilar, tropik arilar, ayrim yay-doqchilar). Odatda, 2 juft shaffof pardasimon qanotlari bor. Orqa qanotlari nisbatan kichik, oldingisiga ilmoqchalar orqali birikadi. Chumolilar ikkilamchi qanotsiz P.dir. Tuban P.ning ogʻiz organlari kemiruvchi, yuksak P.niki — kemiruvchiyalovchi yoki soʻruvchi (pastki labi hartumchaga aylangan). Urgʻochi P.ning tuxum qoʻygichi bor; zaharli tuxum qoʻygichi zahar soluvchi nashtarga aylangan. Toʻliq oʻzgarish orqali rivojlanadi. Erkak P. gaploid tuxumlardan, urgʻochilari urugʻlangan diploid yoki urugʻlanmagan tuxumlardan rivojlanadi (k,. Partenogenez). P. nerv sistemasi boshqa hasharotlarga nisbatan kuchli rivojlangan; shartsiz reflekslari xilma-xil va murakkab (ay-niqsa, jamoa boʻlib yashovchi P.da) boʻlib, nayeli toʻgʻrisida gʻamgʻoʻrlik qiladi. Koʻpchilik P. gulli oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Ayrim turlari (arrakashlar, shoxdumlilar va boshqalar) oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Bir qancha parazit turlari (yaydoqchilar)dan zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurashda foydalaniladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Pardaqanotlilar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Pardaqanotlilar (Hymenoptera) — hasharotlar turkumi. Eng xilma-xil hasharotlar turkumlaridan biri (har xil maʼlumotlarga binoan 150 mingdan 300 ming gacha turi bor). Keng tarqalgan. Uz. 0,2 mm dan (trixogrammalar eng mayda xasharot) 4—6 sm gacha (shoxdumlilar, tropik arilar, ayrim yay-doqchilar). Odatda, 2 juft shaffof pardasimon qanotlari bor. Orqa qanotlari nisbatan kichik, oldingisiga ilmoqchalar orqali birikadi. Chumolilar ikkilamchi qanotsiz P.dir. Tuban P.ning ogʻiz organlari kemiruvchi, yuksak P.niki — kemiruvchiyalovchi yoki soʻruvchi (pastki labi hartumchaga aylangan). Urgʻochi P.ning tuxum qoʻygichi bor; zaharli tuxum qoʻygichi zahar soluvchi nashtarga aylangan. Toʻliq oʻzgarish orqali rivojlanadi. Erkak P. gaploid tuxumlardan, urgʻochilari urugʻlangan diploid yoki urugʻlanmagan tuxumlardan rivojlanadi (k,. Partenogenez). P. nerv sistemasi boshqa hasharotlarga nisbatan kuchli rivojlangan; shartsiz reflekslari xilma-xil va murakkab (ay-niqsa, jamoa boʻlib yashovchi P.da) boʻlib, nayeli toʻgʻrisida gʻamgʻoʻrlik qiladi. Koʻpchilik P. gulli oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Ayrim turlari (arrakashlar, shoxdumlilar va boshqalar) oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Bir qancha parazit turlari (yaydoqchilar)dan zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurashda foydalaniladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari