dcsimg

Undov tunlami ( узбечки )

добавил wikipedia emerging languages

Undov tunlami (Agrotis exclamationis) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Tana uz. 35–40 mm. Qanoti yozilganida 35–45 mm; oldingi qanoti sargʻish kulrangdan toʻq jitarranggacha; qanotlari ustida undov belgisi (!) ga oʻxshash qora dogʻi bor (nomi ham shundan). Erkagining moʻylovi kalta taroqsimon, urgʻochisiniki qilsimon. Tuxumi sargʻishoq, qurti xira rangli, 6 yoshni oʻtaydi. Qurtlari 6yoshda tuprokda qishlaydi. Sovuqqa bardoshli. Agrometereologik zonalarga qarab Undov tunlami yiliga 1—2 avlod beradi. U kuzgi tunlamge. nisbatan 10—15 kun kechroq rivojlanadi. Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Qurti 75 tur oʻsimlikni, jumladan, boshoqli don oʻsimliklari, tamaki, kanop, makkajoʻxori, gʻoʻza, kungaboqar, qand lavlagi va boshqa ni zararlaydi. Zararkunandaligi kuzgi tunlamga oʻxshash.

Kurash choralari: kuzgi tunlamga qarshi koʻriladigan choralar qoʻllaniladi.

лиценца
cc-by-sa-3.0
авторски права
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
изворно
посети извор
соработничко мреж. место
wikipedia emerging languages